Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə23/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

2. Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar

To'lig'icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag'ishlangan ilmiy nazariyalar mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e'tibor qaratil-gan ko'psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ush­bu nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:



  • Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.

  • Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.

  • Postindustrial jamiyat nazariyalari.

  • Yagona sivilizatsiya nazariyasi.

  • Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasi.

Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsio-log va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o'sish bosqichlari: nokommu-nistik manifesto deb nomlangan kitobida iqtisodiy o'sish bosqichlari nazariyasini yaratdi.
Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari. Yagona industrial jamiyat nazariyasi fransuz sotsiologi R. Aron nomi bilan bog'liq bo'-lib, turli mamlakatlarda industriallashish jarayoni ular uchun yagona industrial jamiyatning shakllanishiga olib keladi, degan fikrga asoslanadi. Ushbu naza-riyaga muvofiq texnik taraqqiyot nafaqat iqtisodiy qonunlarning amalda qo'l-lanilishini, balki qonunlarning mohiyatini ham modifikatsiyalaydi: mulkchi-likning yetakchilik roli bekor qilinadi, iqtisodiy hokimiyat yirik korporatsiya-lar qo'liga o'tadi, davlatning yordami bilan boylik va kambag'allik o'rtasidagi farq yo'qotiladi.
Postindustrial jamiyat nazariyasi Amerikalik sotsiolog Daniyel Bell fikriga ko'ra, postindustrial jamiyat quyidagi beshta belgi orqali tavsiflanadi:

  • tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmatlar ko'rsatishga o'tish;

  • bandlar tarkibida malakali mutaxassislar ulushining ortib borishi;

  • nazariy bilimlarning yetakchiligi;

  • texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o'rnatishga yo'nal-tirilishi;

  • yangi «intellektual texnologiyalar» bilan bog'liq qarorlar qabul qilish jarayoni­ning ta'minlanishi.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin