Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Xalqaro savdoning yangi va o'ta yangi nazariyalari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə31/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

3. Xalqaro savdoning yangi va o'ta yangi nazariyalari
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirila boshlandi:

  1. Klassik maktab nazariyalarini rivojlantirishga va kengaytirishga yo'nal­tirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib P. Samuelson va R. Djons-larning «maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasini keltirish mumkin.

  2. Klassik maktab nazariyalarini inkor etmagan holda xalqaro savdoning bu nazariyalarda o'rganilmagan jihatlarini tahlil qilishga yo'naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib S. Linderning «kesishuvchan talab» nazariyasini keltirish mumkin.

3. Klassik maktab nazariyalarini inkor etuvchi va xalqaro savdoning yangi asoslarini topishga yo'naltirilgan nazariyalar.Bu nazariyalarga misol qilib «miqyos samarasi» nazariyasini, «xalqaro savdoning dinamik modeli» naza­riyasini va B. Balassaning «tarmoq ichidagi savdo» nazariyasini keltirish mum­kin.
P. Samuelson va R. Djons o'zlarining «Maxsus ishlab chiqarish omillari» naza-riyalarida Xeksher-Olin nazariyasini rivojlantirish va kengaytirishga harakat qilish-gan. Xeksher-Olin nazariyasida ishlab chiqarish omillarining faqat ikki xil turi — kapital va mehnat inobatga olingan bo'lsa, «Maxsus ishlab chiqarish omillari» naza­riyasida ushbu omillar soni uchtaga yetkazildi, bular kapital, mehnat va yer omilla-ridir. Bundan tashqari, Samuelson-Djons nazariyasida ishlab chiqarish omillarini ikki guruhga bo'lish taklif etiladi:
Ishlab chiqarishning maxsus omillari — muayyan tarmoqlarda keng qo'lla-niluvchi va boshqa tarmoqlarda esa deyarli qo'llanilmaydigan ishlab chiqarish omillari.
Harakatchan omil — hamma tarmoqlarda keng qo'llaniluvchi va shu sababli tarmoqlararo erkin harakatlanuvchi ishlab chiqarish omili. Bu omilga misol qilib mehnat resurslarini keltirish mumkin.
Maxsus ishlab chiqarish omillari nazariyasi — xalqaro savdo rivojlanishining obyektiv asosini ichki nisbiy narxlarni bir-biridan farq qilishi tashkil etsa, bu holat-ning asosiy sababi mamlakatlarning maxsus ishlab chiqarish omillari bilan turlicha ta'minlanganligidan iboratdir.
Ko'plab iqtisodchi olimlar xalqaro savdoning aholi daromadiga ta'sirini o'rganishgan. Bu boradagi asosiy nazariyalarga quyidagilar kiradi:


  1. Yüklə 1,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin