Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


SAVOLLAR: Merkantilizm va erkin savdo g'oyasi.Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə28/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

SAVOLLAR:

  1. Merkantilizm va erkin savdo g'oyasi.Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari

  2. Xeksher-Olin nazariyasi. V. Leontyev paradoksi

  3. Xalqaro savdoning yangi va o'ta yangi nazariyalari

  1. Merkantilizm va erkin savdo g'oyasi.Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari

Xalqaro savdoga oid nazariyalar o'z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta'limot XVII asrdayoq yaratilgan. O'rta asrlarda ro'y bergan Yevropadagi ulkan o'zgarish-lar, jumladan, yangi qit'alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va bosh-qa boyliklarni egallab olishga intilish o'z-o'zini ta'minlashni targ'ib etuvchi feo-dalizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo'jalik tizimi doirasida tovarlar rolini va davlatlarning xalqaro savdoga bo'lgan talabini asoslab bera oladigan yan­gi iqtisodiy nazariyaga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi.Merkantilistlar o'z nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega bo'lgan statik qarashlarni qo'llab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining ko'payishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqla-shishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning ko'payishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyot-ga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta'minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega bo'lishi zarur deb hisoblashgan.
Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi va harbiy kolo-niyalar sektoriga bo'lishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishida eng muhim guruh, deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan.
Merkantilistlar g'oyasining kamchiligi — bu ularni bir mamlakat boyishi boshqa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga oshadi deb hisoblashgani-dir. Bunday g'oyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. Metropoliyalarning mustamla-kalar hisobidan boyishi ularda haddan ziyod oltin massasining to'planishiga va shu orqali giperinflyatsiyaga olib keldi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin