Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyot»ning shakllanishi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə75/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

2. Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyot»ning shakllanishi
Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyotning» shakllanishi XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotidagi eng muhim yo'nalishlardan biridir.
Ushbu hodisaning asosi global bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Biroq, bunday iqtisodiy hodisaning muhim jihatini axborot texnologiyalari ifodalaydi. Yangi iqtisodiyot bu — inson kapitalining moddiy-ashyoviy resurslar — yer va kapi-talga nisbatan katta ulushga ega bo'lganligi bilan tavsiflanadigan sohalar maj-muyidir.
Yangi iqtisodiyot quyidagi sohalarni o'z ichiga oladi:
• ta'lim;
• axborot-kommunikatsiya bozorlari;
• innovatsiyalarni ishlab chiqish;
• yuqori texnologiyalar;
• intellektual xizmatlar.
Yangi iqtisodiyot ba'zida mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va bilim-larning yetakchi o'rin tutishini e'tiborga olgan holda «axborotlashgan iqtisodiyot», «bilimlar iqtisodiyoti» yoki «intensiv iqtisodiyot», deb ham ataladi.
Yangi iqtisodiyot insoniyat tarixidagi iqtisodiy inqiloblardan (birinchi-si — agrar, ikkinchisi — sanoat, uchinchisi — axborot) keyin vujudga kelgan. Mutaxassislar ushbu inqilobning rivojlangan mamlakatlarda boshlanish sababi-ni investitsiyalarning umumiy hajmida inson kapitaliga sarflangan investitsiyalar ulushining ortib borishi bilan bog'laydilar. Tahlillar ko'rsatishicha, bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 1950-2000-yillarda 47-48 %dan 70 %gacha o'sgan. Rivojlangan mamlakatlarda XX asr boshida moddiy-ashyoviy kapital inson kapitaliga sarflangan investitsiyalardan qiymati bo'yicha ikki barobar osh-gan bo'lsa, XXI asr boshida bu kapital inson kapitalidan o'rtacha 1,5 barobar-ga kamaydi. AQSh da bu ko'rsatkich 2,4-2,6 barobarga kamaygan. Inson kapi-tali iqtisodiyot tarkibida tub o'zgarishlar va yangi sohalarning rivojlanishiga yordam beradi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko'rsatishicha, faol innovatsion faoliyat davlatning fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi yetakchi roli orqali belgilanadi. Davlat ushbu sohadagi milliy ustuvorliklarni aniqlaydi, innovatsion rivojlanishga moliya-lashtirish va iqtisodiy rag'batlantirish tizimi orqali faol ta'sir o'tkazadi. Bundan tashqari davlat tomonidan innovatsion faoliyatda tadbirkorlik sektorining qatnashishini rag'batlantirib borishi natijasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmlarga sarflanayotgan ichki xarajatlarning katta qismi biznes tomonidan ta'minlanmoqda. Misol uchun, ushbu ko'rsatkich Yel da 56 %ga, AQSh da 63 %ga, Yaponiyada esa 74 %ga teng. IHTT mamlakatlarida korporatsiyalarning umummilliy tadqiqotlar va ishlanmalar-ga sarflanayotgan xarajatlar tarkibidagi ulushi o'rtacha 70 %ga yaqinlashmoqda'.
Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitaliga sarflanayotgan investitsiyalar haj-mining oshib borishi bilan bir qatorda asosiy kapitalning faol elementi hisoblan-gan axborot texnologiyalariga sarflanayotgan investitsiyalar ham jadal sur'atlarda o'sayotganligini kuzatish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ushbu ko'rsatkich bo'yicha AQSh yetakchi mavqega ega va 1970-80-yillarda axborot texno-logiyalarini rivojlantirishga sarflanayotgan xarajatlar yiliga o'rtacha 20-25 %ga, 1990-yillarda esa 30-35 %ga o'sib borgan.
Axborot texnologiyalari ta'sirida bozor mexanizmi, biznes va milliy xo'jalik tarkibi, jahon iqtisodiyotining infratuzilmasida yangi jarayonlar boshlandi. Boshqacha aytganda, bozor munosabatlarining o'ziga xos yangi rivojlanish bosqichi boshlandi.
Internet biznesning quyidagi ikki tarmoqdan iborat yangi sohasini vujudga kel-tirdi;
• internetni texnik, texnologik va dasturiy ta'minlash;
• internet tizimida bevosita tadbirkorlik bilan shug'ullanish yoki internet-biznes. Tahlillar ko'rsatishicha, Internet orqali elektron savdo bilan shug'ullanish jadal
sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu savdo hajmi har 2-2,5-yilda ikki baravarga oshmoqda va uning salohiyati rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 30 %ga teng, deb baholanmoqda. Jahon elektron savdosining hajmi 1990-yillarning o'rtalarida 5-10 mlrd. dollarni tashkil etgan bo'lsa, XXI asr boshida 100-150 mlrd. dollarga yetdi va yaqin istiqbolda 2 trln. dollardan oshib ketishi kutilmoqda.
Demak, istiqbolda iqtisodiyotning sanoat jihatdan taraqqiy etishi axborotlashish jarayonining intellektual tarkibi bilan bevosita bog'liq.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin