Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə72/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Asosiy tayanch tushunchalar:
Jahon moliya bozori – mamlakatlar o‘rtasida kapital resurslarini jamlash va taqsimlashni ta’minlab beruvchi bozor munosabatlari yig‘indisi.
Xalqaro ssuda kapitali bozori – bo‘sh turgan pul kapitallarining to‘planishi va mamlakatlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi bo‘yicha munosabatlar majmuasi.
Pul bozori – xalqaro savdoga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qisqa muddatli opreratsiyalar bozori.
Kapitallar bozori – uzoq muddatli operatsiyalar bozori.
Derivativlar – biror-bir moliyaviy dastaklarning hosilaviy shakli hisoblanadi.
Offshor – kredit tashkilotlari (milliy va xorijiy) norezidentlar bilan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi jahon moliya markazi.
Xedjerlar – valyuta kurslarining kelgusida salbiy tomonga o‘zgarishidan ko‘riladigan moliyaviy zaraning oldini olish bilan shugullanuvi ishtirokchilar.
Spekulyantlar – moliyaviy instrumentlarning kurslaridagi farq hisobiga foyda olishni ko‘zlagan ishtirokchilar.
Treyderlar – moliyaviy instrumentlarning kurslari o‘zgarishidan foydalangan holda bir yoki bir nechta shartnomalar asosida foyda olishni kuzlagan jahon bozori ishtirokchilari.
Arbitrajchilar – bir vaqtning o‘zida turli bozorlarda turli narxlar asosida moliyaviy resursni sotib olish va sotish orqali foyda ko‘radigan jahon moliya bozori ishtirokchilari.
Xususiy investorlar – moliyaviy instrumentlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar.
Institutsional investorlar – zamonaviy investitsiyalash bilan shug‘ullanuvchi moliya institutlari guruhi.
Moliyaviy chuqurlik” – iqtisodiy o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotning pul resurslari bilan to‘yinganligi. Moliya, pul-kredit tizimlarining murakkabligi va keng tarmoqliligi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

  1. Jahon moliya bozori nima va u operatsiyalar ob’ektiga ko‘ra qanday segmentlarga ajratiladi?

  2. Jahon bozorlari tashkiliy jihatdan qanday turlarga ajratiladi?

  3. Jahon moliya bozorining institutsional tarkibi qanday?

  4. Jahon moliya bozorining ishtirokchilari qaysi mezonlarga ko‘ra guruhlanadi?

  5. Jahon moliya bozorining tarkibi qanday va rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?

  6. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining vujudga kelish sabablari nimalardan iborat?

  7. Xalqaro ssuda kapitali bozori deganda nima tushuniladi. U o‘z ichiga qaysi bozorlarni oladi?

  8. O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuv xususiyatlari nimalardan iborat?




Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin