Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modellari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə78/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

2. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modellari
Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi o'rtasidagi farqni bartaraf etishning strategik vositasi — bu sanoatlashtirish siyosatidir. Ushbu siyosatning asosini qayta ishlash sanoati tashkil qiladi. Dunyo amaliyotida sanoatlashtirishning quyidagi nazariyalari mavjud:
• endogen rivojlanish;
• «yangi iqtisodiy tartib»;
• «o'z kuchiga tayanish».
Rivojlanayotgan mamalakatlar amaliyotida quyidagi sanoatlashtirish dasturla- ri qoilanilmoqda:
1. Sanoatning asos (bazis) tarmoqlarini rivojlantirish negizida iste'mol tovarlari- ni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish (Jazoir, Efiopiya, Misr, Vyetnam).
2. Importning o'rnini qoplash siyosati — og'ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish (Lotin Amerikasi mamlakatlari).
3. Eksportga yo'naltirilgan siyosat — ayrim tovarlarni tashqi bozorga chiqarish uchun ushbu tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish (Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari).
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashish davrini to'rt bosqichga bo'lish mumkin. Bu bosqichlar Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish darajasi o'rtasidagi farqni ko'rsatib beradi:
• import o'rnini qoplovchi tarmoqlarni rivojlantirish;
• eksport salohiyatini va bazaviy tarmoqlarni shakllantirish;
• fan sig'imkorligi yuqori tarmoqlarni rivojlantirish;
• yangi industrial mamlakatlarning jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi.
Birinchi bosqich 1950-yillarni o'z ichiga oladi va unda import qilinayotgan tovar-
larni mahalliy mahsulotlar bilan almashtirish vazifasi qo'yildi. Bu esa erkin konver- tatsiyalashgan valyuta mablag'larini tejash va ichki bozorni asosiy iste'mol tovarlari bilan to'ldirish imkonini berdi. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari ushbu bosqichni Osiyo mamlakatlariga qaraganda oldinroq boshlashlariga qaramasdan, ichki bozorlari hajmining kattaligi sababli bu bosqich nisbatan uzoq muddat davom etdi. Osiyoning yangi industrial mamlakatlari 1960-yillardayoq import o'rnini qop- lash bosqichidan sanoatlashish bosqichiga, eksport salohiyatini yaratishni ustun dara- jada rivojlantirish siyosatini amalga oshirishga o'tishdi. Bu davrda Lotin Amerikasi va Osiyo yangi industrial mamlakatlari o'rtasida sezilarli farq kuzatilmadi.
Ikkinchi bosqich 1960-yillarni qamrab oladi va ushbu davrda eksportga yo'nal- tirilgan siyosat borasida Lotin Amerikasi va Osiyo yangi industrial mamlakatlari o'rtasida iqtisodiy rivojlanish jihatdan keskin tafovut yuzaga keldi. Osiyo mamlakat- larida ommaviy iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan mehnat sig'imkorligi yuqori korxonalar barpo etildi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa asosiy e'tibor qayta ishlash va qazib chiqarish sanoatining kapital sig'imkorligi yuqori texnologik tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida eksportga yo'naltirilgan rivojlanishmodeli iqtisodiy rivojlanishni rag'- batlantirish nuqtayi nazaridan samaraliroq bo'lib chiqdi.
Uchinchi — fan sig'imkorligi yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish, mus- taqil ilmiy tadqiqot bazasini yaratish bosqichi 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlariga to'g'ri keladi. Bu bosqich davlat va xususiy sektor tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyiha ishlariga sarflanayotgan mablag'larning oshirilib borishi bilan ajralib turadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda maxsus erkin iqtisodiy hududlar — ilmiy parklar shakllana boshladi.

Jahon iqtisodiyoti va XIMda “Yangi industrial davlatlar” (YaID) rivojlanayotgan davlatlarning ko’pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha ko’rsatkichlari bo’yicha ajralib turadi.
“YaID”ni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishlidir. Ya’ni, ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek Osiyodagi “YaID”ning rivojlanish tajribasini chuqur tahlil qilish jarayonida ko’zga tashlanadi.
XX asrning 60-80-yillarida rivojlanayotgan mamlakatlar tarkibidan yangi industrial mamlakatlar guruhi ajralib chiqdi. Yangi industrial davlatlar sanoatlashtirish, ilmiy ishlab chiqarishning alohida turlarini yaratishda muvoffaqiyatlarga erishgan, xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdoda faol qatnashuvchi sanoat tarmoqlari va xizmatlar sohasi eksportga yo’naltirilgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhidir. Ba’zi yangi industrial mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatgichlari bo’yicha dunyoning yetakchi rivojlangan mamlakatlari darajasiga yaqinlashib qoldilar.

Ushbu bosqichda yangi industrial mamlakatlarda iqtisodiyotni muvaffaqiyatli modernizatsiyalash jarayoni amalga oshirildi va modernizatsiyalash muddati 10—25-yilni tashkil etdi.
10.1-jadval

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin