Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


XALQARO KAPITAL MIGRASIYASI VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə8/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

XALQARO KAPITAL MIGRASIYASI VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR
Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migrasiyasi zamonaviy jahon ho’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim ko’rinishlaridan biridir. Kapital olib chiqish jahon ho’jaligining cho’qur rivojlanishi davrida rivoj topib kelayotgan tavor olib chiqish monopoliyasini inqirozga uchratmoqda. Tovar olib chiqishni to’ldiruvchisi va uning vositachisi bo’lib kapital olib chiqish xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida aniqlovchi omilga aylanib bormoqda.
Jahon kapital bozorining zamonaviy ko’rinishi asosan XIX asirning oxiri XX asirning boshlarida shakllandi. Ya’ni, bu davrda kapitalni echki muomaladan olib (asosan TMKlar orqali ) maksimal darajada foyda olish maqsadida xorijga chiqarish uchun shart-sharoit yetildi. Jahon iqtisodiyotida rivojlangan kapital bozorlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda Jahon Banki va uning bo’limlari muhim rol o’ynamoqda.


JAHON IQTISODIYOTIDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING TUTGAN O’RNI. XALQARO VALYuTA-MOLIYa VA KREDIT MUNOSABATLAR
Erkin iqtisodiy hududlar – bu muayyan imtiyoz va preferensiyalar ostida alohida ajratilgan mamlakatning qonunchilik tizimidan tashqarida bo’lgan iqtisodiy hududidir. Bunday hududlardan davlatlar o’zining nisbatan qoloq hududlarini rivojlantirish yoki muayyan siyosatni amalga oshirishda tajriba sifatida foydalanishni maqsad qilganlarida qo’llaydilar.
Erkin iqtisodiy hududlarning turli-tuman shakllari mavjud: iqtisodiy ishlab chiqarish zonalari, savdo zonalari, offshor hududlar, erkin turizm zonasi, texnopark va h.k. erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda AQSh, Braziliya va XXRning tajribalari muhim sanaladi. Chunki ular o’z mamlakati manfaatlaridan kelib chiqqan holda turli modellarni tanlab olganlar va bu samarali ish bergan.
O’zbekistonda ham Navoiy viloyatida EIIZ tashkil etildi va bu mamlakatning ushbu mintaqasini rivojlantirishda muhim rol o’ynashi kutilmoqda.XX asrlarning 50-60-yillarida xalqaro moliya va valyuta munosabatlarining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ochiq iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tendensiyasi savdoda tovar ayirboshlashning tezlashishiga, xalqaro moliyaning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini hosil bo’lishiga, mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarini kengayishiga imkoniyat yaratmoqda.
Jahon iqtisodiyotida valyuta munosabatlari pulning jahon puli funksiyasi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Valyuta munosabatlari odatda milliy va xalqaro darajada amalga oshiriladi. Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari (MVT) sohasini qamrab oladi. MVT – bu valyuta qonunchiligi bilan belgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. MVTning o’ziga xos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasini xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Xalqaro valyuta tizimi (XVT) jahon xo’jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. U jahon kapitalistik xo’jalik evolyusiyasi (4 bosqichni bosib o’tgan) natijasida paydo bo’lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Jahon iqtisodiyotida XVTning asosiy vazifasi iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan, inflyasiyani kamaytirishdan, tashqi iqtisodiy almashuv va to’lov balansining mutanosibligini qo’llab-quvvatlash uchun xalqaro hisob-kitoblar va valyuta bozori sohasini tartibga solishdan iboratdir.
Jahon iqtisodiyotida yevrobozorlarni rivojlanishi va xalqaro moliya bozorlarini baynalminallashuvi xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun tovarlar va bozorlarni rivojlanish va baynalminallashuvida xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi kabi muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin