Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


JAHON XO’JALIGI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR: ASOSIY KO’RINIShLARI VA XUSUSIYaTLARI. XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə7/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

JAHON XO’JALIGI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR: ASOSIY KO’RINIShLARI VA XUSUSIYaTLARI. XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI
Jahon xo’jaligi faoliyatining o’ziga xos tamonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munasabatlarning intensiv rivojlanib borishidir. Jahon xo’jaligida davlat guruxlari, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlar kengayib, rivojlanib bormoqda. Ushbu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotini cho’qurlashuvi va ho’jalik xayotning baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog’liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo’lmoqda.
Zamonaviy jahon xo’jaligi vujudga kelmasdan oldin ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo ko’rinishda) mavjud bo’lib, uning rivojlanishi sanoat inqilobi bilan chanbarchas bog’liqdir. Ana shu davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo’ldi. Zamonaviy jahon xo’jaligi – bu bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga bo’ysunuvchi, o’zora bog’liq bo’lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi , global iqtisodiy organizmdir.
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va rivojlanishning o’ziga xos tomonlari, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperasiyasining o’ziga xos tamoyillarini o’rganish katta ahamiyatga egadir.


TASHQI SAVDONI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh VA BOShQARISh YO’LLARI. XALQARO ISCHI KUCHI MIGRASIYASI
O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy mustaqilligini qo’lga kiritishga qadar, mamlakatning tashqi iqtisoliy faoliyati sobiq SSSRning tegishli va vazirliklari ixtiyorida bo’lgan edi. Mustaqillik tufayli O’zbekiston 160 dan ortiq horijiy mamlakatlar bilan savdo–iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’ydi. O’zbekiston 1994 yilning iyunida JST ning kuzatuvchi maqomini oldi. Respublikamiz MDH, YeI, Shanxay guruhi kabi o’nlab mintiqaviy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munasabatlarni kengaytirib, rivojlantirib bormoqda.Ushbu jarayonlarni borishida respublikada tashkil topgan tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmatini tashkil topishi va shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida va uning idora- tashkilotlarida tegishli tashqi iqtisodiy faoliyat bo’limlarining faoliyat ko’rsatishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonning bir qator mamlakatlarida (RF, AQSh, Buyuk Britaniya, GFR va boshqalar) O’zbekistonning savdo- sanoat palatalari faoliyat ko’rsatib turibdi.
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) o’zining hozirgi ko’rinishiga so’nggi ellik yil davomida shakllandi. JIKB tarkibiga xam migrantlar -mehnat qobiliyatli yoshdagi iqtisodiy faol odamlar, xam xorijda ish qidirishga intilayotgan odamlarga ko’maklashuvchi migrasiya xizmatlari va xalqaro tashkilotlari kiradi. Mehnat migrasiyasining asosiy yo’nalishi ishchi kuchining rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga chiqishi sanaladi, xorijiy ishchilarni o’ziga tortuvchi asosiy xalqaro markazlar Shimoliy Amerika, G’arbiy Yevropa, Avstraliya va Isroil hisoblanadi. Bular bilan mehnatkash-migrantlarni o’ziga tortuvchi yangi hududiy «qutblar»: ba’zi arab davlatlari raqobat qila boshladi.
Mehnat migrasiyasining milliy iqtisodiyotlarga ta’siri darajasi turlicha bo’lib, ko’p jihatdan hukumat tomonidan olib boriladigan siyosatga bog’liq. Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar asosiy foydani xorijdan valyuta transferti oqimlarini kengayishidan oladi, ammo bunda ko’pchilik xollarda yuqori malakali kadrlarini yo’qotadi. Importyor mamlakatlar esa mehnat immigrasiyasining miqdoriy va sifat darajasini kvotalar va cheklashlar joriy qilish orqali tartibga solishga harakat qiladi, hozirgi paytda malakali kadrlarni va ilmiy-texnika sohasidagi ekspertlarning kirib kelishi maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin