MODUL / FAN SILLABUSI Inson resurslarini boshqarish fakulteti 5230100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) taʼlim yo‘nalishi
“Tasdiqlayman”
SamDU oʻquv ishlari boʻyicha prorektori:
__________ A.S.Soleyev
“__”_______2021 yil
M.Oʻ.
Fan nomi:
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Fan turi:
majburiy
Fan kodi:
TFT4005
Yil:
2
Semestr:
3
Taʼlim shakli:
kunduzgi
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
150
Maʼruza
30
Amaliy mashg‘ulotlar
30
Laboratoriya mashg‘ulotlari
-
Seminar
-
Mustaqil taʼlim
90
Kredit miqdori:
5
Baholash shakli:
imtihon
Fan tili:
o‘zbek
Fanning maqsadi (FM)
FM1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanishi bosqichlari, iqtisodiy qonuniyatlari, jahon iqtisodiyotining tarkibi va undagi mamlakatlarning guruhlanishi, xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining harakati, xalqaro kapital va investitsiyalar harakatini jadallashtirishda erkin iqtisodiy hududlarning roli, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi hamda mamlakatimizning jahon xo‘jaligida ishtiroki va tutgan o‘rni kabi masalalarningo‘rganish va tahlil etishdan iborat.
FM2
Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovasiyalarni taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimidan keng foydalanish.
Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1.
Iqtisodiyot nazariyasi fani yuzasidan umumiy tasavvur va fundamental iqtisodiy bilimlar bazasiga ega boʻlishlari kerak.
2.
Jahon xo’jaligi shakllanishi va rivojlanishi, zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosbatlar to‘g‘risida tegishli tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Taʼlim natijalari (ТN)
Bilimlar jihatidan:
ТN1
Fanning tushuncha kategoriyalari tizimi va metodologiyasini bilish, bilimlarning asosiy yo‘nalishlarini iqtisodiy-statistik tahlil qilish.
ТN2
Jahon xo’jaligi va alohida mintaqalarida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ro’y berayotgan jarayonlar va tendensiyalarni tahlil qila olish va ulardan xulosalar chiqarish.
ТN3
Xalqaro mehnat taqsimotining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakllanishi va rivojlanishining asosiy omili ekanligi, uning shakllari va zamonaviy xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo’lish.
ТN4
Xalqaro savdoning xususiyatlari va boshqarish yo’llari, kapital, valyuta-moliya, ishchi kuchi va boshqa resurslarning xalqaro harakati va zamonaviy tendensiyalari haqida umumiy bilimlarga ega bo’lish.
ТN5
Jahon xo’jaligida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning o’rni va roli, xalqaro iqtisodiy integratsiya va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, O’zbekistonning ular bilan aloqalari va jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni haqida umumiy bilimlarga ega bo’lish.
Ko‘nikmalar jihatidan:
ТN6
Jahonda ro’y berayotga itimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalar natijalarini qiyosiy taqqoslash orqali ulardan xulosalar chiqarish.
ТN7
Jamiyat iqtisodiy rivojlanishida o‘zining tutgan o‘rnini anglay bilish, his etish va faol ishtirok etish.
ТN8
Jahonda ro’y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosbatalarga nisbatan o‘z nuqtai nazariga, mustaqil fikriga va munosabat bildira olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.