Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə10/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

XALQARO IQTISODIY INTEGRASIYA.JAHON IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI.JAHON XO’JALIGINING GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA O’ZBEKISTONNING ISHTIROKI
XX asrning 50-yillaridan so’ng xo’jalik xayotining baynalminallashuvi zamonaviy jahon xo’jaligi rivojlanishining yetakchi an’analaridan biriga aylandi. Jahon xo’jaligini global baynalminallashuvining asosiy tendensiyalaridan biri – ma’lum bir davlat yoki bir necha davlatlar guruhining ta’sir zonasini vujudga kelishidir. Bu davlatlar yoki davlatlar guruhi jahon xo’jaligi aloqalari ta’sirida o’ziga xos mintaqalar hosil qilib, boshqa davlatlarni o’z atrofida birlashtiruvchi integrasion markazlarga (YeI, NAFTA, ATES, MERKOSUR, Shanxay guruhi va boshqalar) aylanib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy integrasiya jahon mamlakatlari o’rtasida ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuviga imkon beradi. Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy integrasiyani quyidagi sxemali o’zaro boqliq bo’lgan zanjirlar shaklida tasvirlash mumkin: ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi – xalqaro mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi – iqtisodiy integrasiya. Xalqaro iqtisodiy integrasiyaga ikkita asosiy omil (ilmiy-texnika inqilobi va transmilliy kompaniyalarni faoliyati) katta ta’sir ko’rsatadi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro tashkilotlarning o’rni juda muhim sanaladi. Chunki ular o’zlari tarkibida turli guruh va davlatlarni birlashtira ekan umumiy maqsadlarni ko’zlagan holda harakatlanish imkonini beradi. Shuningdek xalqaro tashkilotlar jahon xo’jaligini hamkorlikda tartibga solish va muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Hozirda duyoda sezilarli mavqyega ega bo’lgan 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjudbo’lib, ulardan asosiylari sifatida BMT tizimidagi xalqaro tashkilotlar, Butunjahon savdo tashkiloti, yirik xalqaro bank va moliyaviy tashkilotlar (XVF, JB, YeTTB, OTB, ITB) hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlarni keltirish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan bo’lib, bu yerda mintaqa aholisining 45%i yashaydi. O’zbekiston mintaqaning boshqa davlatlari (Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston) bilan umumiy chegaralarga ega bo’lgan yagona mamlakat bo’lib, u Yevropa bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va shuningdek Janubiy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarini transport va telekommunikasiya bo’yicha birlashtiruvchi muhim koridor hisoblanadi.
O’zbekiston jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlarning (BMT, YuNESKO, FAO, YuNKTAD) teng xuquqli a’zosi, jahonning o’nlab davlatlari (160 dan ortiq) bilan do’stona aloqalarni bog’lagan, yirik xalqaro bank va moliyaviy tashkilotlar (XVF, JB, YeTTB, OTB, ITB) bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilib borayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida O’zbekiston turli darajadagi global va mintaqaviy (MDH, Shanxay guruhi) integrasion jarayonlarida qatnashish bilan bir paytda muhim tamoyilga, ya’ni bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo’lmasligi kerak degan qoidaga amal qiladi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin