Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə120/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Ratifikasiya – shartnomalarni tasdiqlash.
Revalvasiya – pul islohotini o’tkazmasdan turib, pul birligini inflyasiyagacha bo’lgan sotib olish qobiliyati va valyuta paritetini asta-sekinlik bilan tiklash. Revalvasiyani amalga oshirishning muhim sharti – qog’oz pullarni chiqarishni qisqartirish, tovarooborotning o’sishini ta’minlashdir. Revalvasiyaning boshqacha formasi qonunda ko’rsatilgan tartibda baho masshtabini ko’paytirishdir.
Rezident — fuqaroligi va pasport statusidan qat’iy nazar davlat hududida bir yildan oshiq yashagan jismoniy va huquqiy shaxs tushuniladi (bu mamlakatda shtab-kvartiraga ega bo’lgan diplomatik missiya ishchilari, harbiy personal va xalqaro tashkilotlar xodimlaridan tashqari).
Rollover kreditlarasosiy miqdor, qo’shimcha (marja) va komission to’lovlardan tarkib topgan foiz stavkasini qayta ko’rish mumkin bo’lgan holda ssuda berish.
Savdo va taraqqiyot bo’yicha BMT Anjumani (YuNKTAD) — BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Savdoda eng qulay sharoit yaratish rejimi — mamlakatlar o’rtasida kelishilgan holda o’rnatilgan savdo operasiyalarining imtiyozli tartibi.
Sanoat taraqqiyoti bo’yicha BMT Anjumani (YuNIDO) — BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Svop — forvard bitimi va spot sharti bo’yicha bitim asosida amalga oshadigan turli xildagi valyuta operasiyalari
Sindikat – monoplsitik birlashmaning kartelga nisbatan yuqoriroq shakli, bir hil ommaviy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning birlashmasi. Sindikat Fransiya va Rossiyada keng tarqalgan. Unda ishtirok qiluvchilar mustaqillikka ega bo’lishadi, biroq ishlab chiqarilgan mahsulot birlashmaning mahsuloti sifatida sotiladi.
Spot — bitimni imzolash paytida kontragentlar qayd etgan kurs bo’yicha valyutani darhol yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan kassa operasiyalari.
Stagnasiya – iqtisodiyotdagi turg’unlikni anglatadi.
Sug’urta kafolati — ma’lum bonus evaziga sug’urta kompaniyasining eksportyorlarni (kreditorlar)ga zararini qoplash haqida majburiyati.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin