3.3-jadval Jahondagi 100 ta TMK ning transmilliylashuv indeksi bo'yicha tarmoq tarkibi
Asosiy tayanch tushunchalar: Notarif usullar— tovar ayirboshlashga ta'sir qilish dastaklarini, ya'ni olib kiriladi- gan yoki olib chiqiladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi.
Xalqaro savdoni miqdoriy jihatdan cheklash— davlat tomonidan savdo aylanmasi notarif metodlarini qoilagan holda tartibga solishning ma'muriy metodi.
Kvotalash— tovarlar eksporti yoki importini muayyan vaqt mobaynida ma'- lum miqdor yoki summa bilan miqdoriy jihatdan cheklash.
Litsenziyalash— davlat organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlarni muayyan vaqt mobaynida ma'lum bir miqdorda eksport yoki import qilishga ruxsat berish.
«Eksportni ixtiyoriy cheklash»— rasmiy davlatlararo yoki tovar eksportiga norasmiy kvota belgilash to'g'risida savdodagi hamkor tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik to'g'risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan cheklash.
Subsidiyalar— milliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash va import- ni bilvosita kamsitishga qaratilgan davlat byudjetidan ajratiladigan pulli to'lovlar.
Eksportni kreditlash— tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi bo'lib, davlat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun moliyaviy rag'batlan- tirishni ko'zda tutadi.
Demping— savdo siyosatining moliyaviy metodi bo'lib, tovarni tashqi bozorga mamlakatda mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqarish.
Sporadik demping— tashqi bozorga ortiqcha tovar zaxiralarini past baholarda epizodik sotish.
Oldindan o'ylangan yoki ataylab qilingan demping— bozordagi raqibni siqib chiqarish va keyinchalik monopol baho o'rnatish maqsadida eksport bahola- rini vaqtinchalik pasaytirish.
Doimiy demping— doimiy ravishda tovarlarning eksport bahosini normal bahoga nisbatan past baholarda sotish.