Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə56/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Xalqaro kapitallar migratsiyasi - jahon iqtisodiyotining turli mamlakatlari o'rtasida egalariga qo'shimcha daromad keltiruvchi kapitalning qarama-qarshi harakati.
Kapitalning chetga chiqib ketishi- kapitalning bir qismini milliy aylanmadan ajratib olish va uni tegishli shakllarda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga o'tkazish jarayoni.
Xususiy kapital -xususiy shaxslar tomonidan xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar mablag’lari.
To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) — xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo'lib, investor tashkil qilayotgan firma aksiyalari yoki aksioner kapitaliga to’la ega bo’lishi yoki kamida 10 foizi xo'jalik faoliyatining ta'sirchan nazorat qilishini ta'minlaydi. Portfel investitsiyalar- kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo'lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Moliyaviy investitsiyalar- mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish bilan bog’liq bo’lgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog'ozlar orqali qo'yilmalar kiritish. Xalqaro birlashish va qo'shib olishlar- kompaniyalarning xalqaro bozorlarda aksiyalarning yirik paketi yoki korxonani to'liq sotib olishlari jarayoni. Bu usul kompaniyalarning bozordagi ulushining ortishiga, kapitallashish darajasining o'sishiga olib keladi.
Milliy rejim — xo'јalik yuritish faoliyatining minimal sharoitlari bo'lib, xorijiy investorlar uchun yomonlashib ketmasligi kerak.
Xalqaro investitsion shartnoma - ikki va ko'p tomonlama milliy davlatlarning investitsiya siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro investitsiyalar sohasida tartibga solishning umumiy qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan shartnoma.
Ikki tomonlama investitsion shartnoma - ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida investitsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuziladigan maxsus shartnoma.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin