Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə59/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Ikkinchi bosqich. EIHlar rivojining ikkinchi bosqichi XIX asrning oxiri va XX asrning boshida muhim ahamiyatga ega deb hisoblangan ilmiy-texnika sohasidagi ixtirolar bilan bog’liq. Bu ixtirolar natijasida ishlab chiqarish jarayoni revolyutsiyasi yuz berdi va natijada eski ishlab chiqarish jarayoni hukm surgan dunyoning ko’plab joylarida iqtisodiy pasayish kuzatildi. Xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashib, kapitalning chetga chiqishi o’sdi. Tashqi iqtisodiy aloqalar savdo-sotiqdan boshqa sohalarni ham qamrab ola boshladi.
Uchinchi bosqich. XX asrning ikkinchi yarimida fan-texnika taraqqiyotining navbatdagi yutuqlari ta’siri ostida “erkin eksport-ishlab chiqarish hududlari” paydo bo’ldi. Bu hududlardagi tadbirkorlar faoliyati endi eksport salohiyatini oshirish va eksportbop tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu hududlar faoliyat yuritishi va tashkil etilishida ham yangiliklar kiritildi. Bu bosqichning boshlanishi 1959 yilda Irlandiyadaning Shenon aeroporti hududida shunday EIHning yaratilish bo’ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab “erkin eksport-ishlab chiqarish hududlari” katta shuhrat qozoni va asosan rivojlanayotgan davlatlarda keng tarqaldi. Bu hududlarning o’ziga xosligi imtiyozli huquqiy va valyuta-moliyaviy rejimdan foydalangan holda hududda eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishida namoyon bo’ladi.Shularni inobatga olgn holda yangi ixtisoslashgan “ erkin bank”, “erkin sug’urta”, “ turistik - rekreatsion”, “offshor” hududlar paydo bo’lmoqda.
To’rtinchi bosqich. XX asrning 80–yillarida erkin iqtisodiy hududlardan foydalanish g’oyasiga Yevropaning postsotsialistik davlatlar Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Yugoslaviya shuningdek Osiyoning Xitoy va Vetnam kabi davlatlar qo’shildi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning 25 dan ortiq
turi mavjud.
1. Savdo-ombor hududi (The Store and trade zones)
Bu hududda chet el tovarlari oddiy bojxona to’lovisiz saqlanishi va sotilishi
mumkin. Bu hudud 3 xususiyatga ega: a) ular dunyo bozoriga xizmat ko’rsatish uchun tashkil etiladi; b) bu hududda davlat boshqa qismlaridan farqli ravishda soliq va bojxona nazoratidan imtiyozlarga ega bo’ladi. v) shu hudduda davlat tashqi savdosi rivojlanadi. Savdo ombor joylari nafaqat tovarlarni sotish va saqlash uchun balki aynan shu tovar qayta ishlashi va yaxshilanishi uchun ham xizmat qiladi.
Ularning hududida ko’riklar tashkil etish savdoni yuritish bank va sug’urta
xizmatlarini namoyish etish mumkin, bu uchun savdo soliqlaridan to’lov olinmaydi. Barcha savdo omborlari suv portlarida temir yo’l va aeroport portlarida yani, Tovar tranzit joylarida tashkil etiladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin