Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


-rasm Jahon iqtisodiyotining markazlari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə74/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

5.2-rasm Jahon iqtisodiyotining markazlari

Sanoati jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotini ayirboshlanishi mumkin bo'lgan barcha ne'matlarni takror ishlab chiqarish va ishlab chiqarish hajmini xohlagan nisbatda oshirishi mumkin bo'lgan iqtisodiyot sifatida ta'riflash mumkin.Bu mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalaridan biri — iqtisodiyotning sikllik rivojlanishga egaligidir. Iqtisodiyot nazariyasida investitsion faollik, pul massasining hajmi, yalpi xarajatlar, asosiy kapitalning ommaviy tarz-da yangilanishi, ishlab chiqarishning texnologik asoslarining almashinuvi kabilar sikllik rivojlanish sabablari sifatida keltiriladi.Rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo'yicha bir xil emasligi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining davriyligi bilan bevosita bog'liq. Ushbu holat ijtimoiy ishlab chiqarishning turli bosqichlari, mehnat unumdorligi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlardagi tafovutlarda namoyon bo'ladi. XIX asr boshlarida jahon iqtisodiyotida Buyuk Britaniya yetakchilik qilgan bo'lsa, XIX asr oxiriga kelib yetakchilik AQSh qo'liga o'tdi. XX asr boshlariga kelib, Germaniya va Fransiya jahon iqtisodiyotidagi o'z mavqelarini tezda mustahkamlab oldilar.Germaniyaning mag'lubiyati va AQSh, Angliya, Fransiyaning jahon xo'jaligidagi o'rnining kucha-yishiga olib kelgan bo'lsa, Ikkinchi jahon urushi esa AQSh ning so'zsiz rivojlangan mamlakatlar yetakchisiga aylanishiga olib keldi.
XX asrning ikkinchi yarmida fan-texnika yutuqlari ta'sirida rivojlangan mamlakatlarda mehnat unumdorligi darajasi orasidagi farqning qisqarish jarayoni kuchay-di. AQSh ning jahon yalpi ichki mahsuloti, jahon savdosi va kapitallar migratsiyasi-dagi ulushi qisqardi. G'arbiy Yevropa, xususan, Germaniya va Yaponiyaning jahon xo'jaligidagi mavqeyi kuchaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon xo'jaligi-da uchta iqtisodiy markaz (AQSh, G'arbiy Yevropa va Yaponiya) shakllandi.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida globallashuv jarayoni yetakchi tendensiya hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning eksport kvotasi, kapital qo'yilmalar tarkibida to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar ulushi, ishchilar tarki-bida xorijlik ishchilar ulushi, intellektual mulk savdosining hajmi ortib bormoqda. Bu jarayon avvalo rivojlangan mamlakatlar tarkibida sodir bo'lmoqda. AQSh va Yaponiya eksportining geografik tarkibida rivojlangan mamlakatlar ulushi taxminan 50%ni tashkil etadi. Shunga qaramasdan rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasida rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ulushi ortib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi yana bir muhim ten-densiya integratsiya hisoblanadi. Jahonning yetakchi uch markazi o'rtasida iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanayotgan bo'lsa-da, integratsiya jarayonlari uchlik-ning asosini tashkil etuvchi integratsion guruhlar va ularning a'zolari o'rtasida yana-da jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. Misol uchun, NAFTA doirasidagi savdo haj-mi ushbu guruhning jami tashqi savdosida 1970-yilda 36 %ni, 1990-yilda 41 %ni, 2013-yilda esa 49,2 %ni tashkil etdi. NAFTAning boshqa mamlakatlar bilan savdosida Yevropa mamlakatlarining ulushi yuqori va ushbu ko'rsatkich 2013-yilda 15,2 %ga teng bo'ldi.
Rivojlangan mamlakatlar jahon savdosida yetakchilik qilishsa-da, oxirgi o'n yillikda ularning ulushi qisqarish tendensiyasiga ega. 1980-yilda jahon tovar eksportida rivojlangan mamlakatlar ulushi 66,2 % tashkil etgani holda, ushbu ko'rsatkich 2013-yilda 50,9 %ga teng bo'ldi. Ushbu holat aso-san AQSh, Yaponiya va Buyuk Britaniya ulushining qisqarishi bilan bog'liq bo'lib, ularning jahon tovar eksportidagi ulushi 1980—2013-yillarda mos ravishda 11,0 %, 6,4 %, 5,4 %gacha va 8,4 %, 3,8 %, 2,9 %gacha pasaygan .
Rivojlangan mamlakatlarning to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar harakati-dagi ulushi ham qisqarib borish tendensiyasiga ega. Misol uchun, ushbu mamlakatlarning to'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni jalb etishdagi ulushi 1980-yilda 80,1 %ga teng bo'lgani holda ushbu ko'rsatkich 2013-yilda 39,0 %ni tashkil etdi. To'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni chetga chiqarishda esa ularning ulushi ushbu davrda muta-nosib ravishda 94,4 %dan 60,8 %ga qadar qisqardi .



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin