Asosiy tayanch tushunchalar: «Katta yettilik» mamlakatlari—jahon xo'jaligi tizimining rivojlanish yo'na-lishlarini va barcha davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarini belgi-lab beruvchi mamlakatlar guruhi (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya).
Liberal (amerikacha) model— xususiy mulkchilik, ishlab chiqarish, savdo, investitsiya, ishchi kuchidan foydalanish sohalarida bozor-raqobat mexanizmining ustuvorligi va ijtimoiy tabaqalanishning yuqori darajasi xos bo'lgan model.
Shved modeli — ijtimoiy konsensusga erishish maqsadida daromadlarni keng ko'lamda qayta taqsimlash asosida ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash ustuvorlik qiluvchi model.
Yapon modeli — xususiy kapitalni jamg'arish imkoniyatlari davlatning iqtisodiy rivojlanishini dasturlash, tarkibiy, investitsiya, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy siyo-sat sohalaridagi faol roli bilan uyg'unlashib ketuvchi tartibga solinuvchi korpora-tiv kapitalizm model.
Yangi iqtisodiyot— inson kapitalining moddiy-ashyoviy resurslar — yer va kapitalga nisbatan katta ulushga ega bo'lganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuyi.
Yangi iqtisodiyot — mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va bilimlarning yetakchi o'rin tutishini e'tiborga olgan holda «axborotlashgan iqtisodiyot», «bilim-lar iqtisodiyoti» yoki «intensiv iqtisodiyot)), deb ham ataladi.
Indikativrejalashtirish— iqtisodiyotniuzoqmuddatlitartibgasolishturibo'lib, iqtisodiydasturlashvabashoratlashgaasoslanadi
«Rivojlanayotgan mamlakatlar»— Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamla- ka tizimining parchalanishi va sobiq mustamlakalarning mustaqillikka erishishla- ri natijasida paydo bo'lgan mamlakatlar.
Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar— bozor islohotlarini amalga oshirishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan, milliy bank-moliya tizimini mus- tahkamlash va jahon xo'jaligiga integratsiyalashishga erishgan yetakchi rivojlanayotgan hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar guruhi.