Yangi industrial mamlakatlarda iqtisodiyotni muvaffaqiyatli modernizatsiyalashning jahon tajribasi
Mamlakat
|
Boshlanishi
|
«Barqaror rivojlanish»ga o'tish
|
Jadal iqtisodiy o'sish davrining davomiyligi
|
Tayvan
|
1970-yillarning boshi
|
1990-yillarning oxiri
|
25-yil
|
Malayziya
|
1980-yillar
|
2000-yillarning boshi
|
20-yil
|
Koreya Respublikasi
|
1980-yillar
|
2000-yillarning boshi
|
20-yil
|
Singapur
|
1980-yillar
|
1990-yillarning boshi
|
10—15-yil
|
Chili
|
1960-yillarning oxiri
|
1980-yillarning oxiri
|
20-yil
|
Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirish aholi daromadlari darajasining rivojlangan mamlakatlarga nisbatan tafovutni qisqartirishi lozim edi. Barcha mamlakatlarda modernizatsiya jarayonlari turli iqtisodiy rivojlanish darajalarida boshlanib, turli pirovard natijalarga erishdilar.
Jahon amaliyoti ko'rsatishicha, Osiyo mamlakatlarida kemasozlik, avtomobilsozlik, keyingi bosqichlarda audio va videotexnikalar ishlab chiqarish, kompyuter va axborotlar industriyasi tarmoqlari iqtisodiyotni modernizatsiyalashning harakatlantiruvchi tarmoq- lari sifatida rivojlantirilgan. Ushbu tarmoqlarning rivojlanishi G'arbda erishilgan ilg'or, yuqori texnologiyalarni o'zlashtirishni talab etadi. Masalan, Yaponiyada 1960-1970-yil- larda texnologiyalar importi ularning eksportidan sakkiz baravar ko'p bo'lgan. Bu tar- moqlar qisqa muddatda ommaviy tovarlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish imkonini bergan. Jumladan, Koreya Respublikasida 2000-yilda umumiy tonnaji 12,2 mln. tonnaga teng (jahon tonnajining 54 %) savdo kemalarini ishlab chiqargan. 1990-yillarning oxi- rida jahonda mobil telefonlar ishlab chiqarishning 34 % Malayziya hissasiga to'g'ri kel- gan. 2000-yilda jahon kompyuterlar ishlab chiqarish hajmining 39 %, televizorlarning 42 %, orgtexnika va ofis uskunalarining 50 %dan ortig'i Xitoyda ishlab chiqarilgan. U tarmoqlar «miqyos ta'siri» natijasidagi afzalliklar tufayli ichki bozorga yo'naltirilma- gan. Masalan, Koreya Respublikasida 1967-yili mamlakatda 165000 ta avtomobil mav- jud bo'lgani holda, 300000 ta avtomobil ishlab chiqarishga mo'ljallangan zavod qurilgan.
Dostları ilə paylaş: |