Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə81/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Asosiy tayanch tushunchalar:
«Katta yettilik» mamlakatlari—jahon xo'jaligi tizimining rivojlanish yo'na-lishlarini va barcha davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarini belgi-lab beruvchi mamlakatlar guruhi (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya).
Liberal (amerikacha) model — xususiy mulkchilik, ishlab chiqarish, savdo, investitsiya, ishchi kuchidan foydalanish sohalarida bozor-raqobat mexanizmining ustuvorligi va ijtimoiy tabaqalanishning yuqori darajasi xos bo'lgan model.
Shved modeli — ijtimoiy konsensusga erishish maqsadida daromadlarni keng ko'lamda qayta taqsimlash asosida ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash ustuvorlik qiluv­chi model.
Yapon modeli — xususiy kapitalni jamg'arish imkoniyatlari davlatning iqtiso­diy rivojlanishini dasturlash, tarkibiy, investitsiya, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy siyo-sat sohalaridagi faol roli bilan uyg'unlashib ketuvchi tartibga solinuvchi korpora-tiv kapitalizm model.
Yangi iqtisodiyot — inson kapitalining moddiy-ashyoviy resurslar — yer va kapitalga nisbatan katta ulushga ega bo'lganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuyi.
Yangi iqtisodiyot — mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va bilimlarning yetakchi o'rin tutishini e'tiborga olgan holda «axborotlashgan iqtisodiyot», «bilim-lar iqtisodiyoti» yoki «intensiv iqtisodiyot)), deb ham ataladi.
Indikativrejalashtirish— iqtisodiyotniuzoqmuddatlitartibgasolishturibo'­lib, iqtisodiydasturlashvabashoratlashgaasoslanadi
«Rivojlanayotgan mamlakatlar»— Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamla- ka tizimining parchalanishi va sobiq mustamlakalarning mustaqillikka erishishla- ri natijasida paydo bo'lgan mamlakatlar.
Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar— bozor islohotlarini amal­ga oshirishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan, milliy bank-moliya tizimini mus- tahkamlash va jahon xo'jaligiga integratsiyalashishga erishgan yetakchi rivojla­nayotgan hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar guruhi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin