Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalashda tashqi omillarning o‘rni



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə84/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalashda tashqi omillarning o‘rni7

Davlat nomi

Xorijiy investitsiya-lar

Yuqori texnologiya-lar importi

Xorijiy mutaxassis-lar

Eksport

Xalqaro kreditlar

Tayvan

+

+

-

+

+

Malayziya

+

+

-

+

+

Janubiy Koreya

+

+

-

+

+

Singapur

+

+

-

+

+

Ushbu mamlakatlarning ba’zilarida (Tayvan, Malayziya, Singapur, Xitoy) yangi iqtisodiyotning shakllanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoit yaratishdan boshlandi. Xorijiy ilg‘or, yuqori texnologiyalarni import qilish, o‘zlashtirish va keyinchalik ko‘paytirish Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlar iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynadi. Janubi-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarida sanoatlashtirish jarayonining boshlanishidayoq mustaqil, xorijiy texnologiyalarsiz bu vazifani hal etish mumkin emasligi ma’lum edi. Yangi industrial mamlakatlarning rivojlanishi ularni G‘arbning «yig‘uv sexlari»ga aylantirish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshdi. Misol uchun, 1980-yillarda Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan kompyuterlar soni 20 martaga oshdi, ularning 95,0 % litsenziyalar bo‘yicha ishlab chiqarilgan bo‘lib, mahalliy ehtiyot qismlar qiymati 15,0 %dan oshmagan, ularda o‘rnatilgan dasturlar xorijdan import qilingan.


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida Yaponiya, Koreya Respublikasi va Tayvan milliy kapitalning rivojlanishida xorijiy kapitalni jalb etishga nisbatan ustuvorlik berdilar. Bu mamlakatlarda davlat mablag‘lari hisobiga korxonalar qurildi va ular xususiy kompaniyalarga berildi. Koreya Respublikasida markazlashuv darajasi yuqori bo‘lib, 1961-yilda bank tizimi milliylashtirildi, Yaponiyadan farqli o‘laroq, ustuvor tarmoqlar belgilab olindi va ularni davlat qo‘llab-quvvatladi.
Janubiy Koreya iqtisodiyotini modernizatsiyalashda ishlab chiqarilgan mahsulot mil­liy ichki bozor katta bo‘lmagani uchun eksportga yo‘naltirildi. Davlat tomonidan mahsulot eksporti soliq imtiyozlari, subsidiyalash, imtiyozli kreditlar berish dastaklari orqali qo‘llab-quvvatlandi. Yaponiya urushdan keyin kichik va o‘rta korxonalarni modernizatsiyalashga ustuvorlik bergan bo‘lsa, Koreya mamlakat resurslari oz bo‘lganligi uchun yirik kompaniyalar va moliya guruhlarini (chebollar) qo‘llab-quvvatlashga asosiy urg‘u berdi.
Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida (Gonkongdan tashqari) zamonaviy ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishning ilk bosqichida import o‘rnini qoplash siyosati amalga oshirildi (12.3-jadval).
Import o‘rnini qoplash siyosatining davomiyligi o‘rtacha 12-yilni tashkil etdi. Bu mamlakatlarda import o‘rnini qoplash siyosati natijasida vujudga kelgan quyida­gi salbiy sabablarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • ishchilar malakasining past darajasi;

  • eski texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi;

  • korxonalarda ishni tashkil etishning bo‘shligi;

  • ichki bozor hajmining kichikligi – ichki bozor hajmining kichikligi ishlab chi­qarish quvvatlaridan foydalanish va yangi sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish imkoniyatlarini pasaytirdi.

11.3-jadval

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin