Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə86/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Lotin Amerikasi Janubiy va Markaziy Amerikaning katta hududini egallaydi. Lotin Amerikasining barcha mamlakatlari Ispaniya va Portugaliyaning (Braziliya) sobiq mustamlakalari hisoblanadi. Lotin Amerikasi mamlakatlari XIX asr boshidayoq shaklanishiga qaramasdan sobiq mustamlaka egalarining ushbu mam­lakatlar iqtisodiyoti va madaniyatiga ta’siri saqlanib qolgan.
Lotin Amerikasi mintaqasini shartli ravishda quyidagi uch qismga ajratish mumkin:

  • Meksikadan Boliviya va Paragvaygacha bo‘lgan hududlar. Mazkur hududda joylashgan mamlakatlarning ijtimoiy tarkibi hindular, metislar va kreollardan iborat bo‘lib, yevropaliklar tomonidan hozirga qadar mavjud ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan.

  • Ikkinchi hudud Meksikaning janubidan Braziliyaning shimoligacha bo‘lgan Karib-Atlantika qirg‘oqbo‘yi hududlarini o‘z ichiga oladi. Bu hududlarda tropik, yarim tropik dehqonchilik jadal sur’atlarda rivojlangan bo‘lib, afrikaliklar, mulatlar va oq tanlilardan iborat etnik tarkib shakllangan.

  • Uchinchi hudud Lotin Amerikasi «konusi»ning janubida joylashgan mamla­katlardan iborat. Ushbu hududda ishlab chiqarishning asosini rivojlangan deh­qonchilik tashkil etadi.

Lotin Amerikasi mamlakatlari yer va tabiiy resurslarga boy bo‘lib, bu xususiyati bilan Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlaridan keskin farq qiladi. Lotin Amerikasi mamlakatlari temir rudalari, rangli metallar (mis, qo‘rg‘oshin, qalay, rux), uran, boksit, ko‘mir, neft, tabiiy gaz, oltin, olmos kabi foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Bundan tashqari, o‘rmon resurslari (Braziliyada) va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yaroqli katta maydonlar mavjud. Hudud mamlakatlarining azaldan qishloq xo‘jaligi, xomashyo eksporti va qazib chiqarish sanoatini rivojlan­tirishga ixtisoslashganligi bejiz emas. Masalan, yaqingacha Chili va Venesuela eksportining 80 %dan ortig‘ini mos ravishda mis va neft tashkil etar edi.
Lotin Amerikasi hududi o‘ziga xos siyosiy xususiyatlarga ega. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga nisbatan siyosiy hukumatning tez-tez almashib turishi, siyosiy-ijtimoiy vaziyatning beqarorligi, mamlakatlar o‘rtasida yuzaga keladigan harbiy nizolar (masalan, Ekvador va Peru o‘rtasidagi harbiy nizo) shular jumlasidandir. 1930-1980-yillarda Lotin Amerikasining aksariyat mamlakatlarida harbiy xuntalar hokimiyat tepasida edi.
Lotin Amerikasida 1980-yillargacha «ichkariga» yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli amal qildi. Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishini hokimiyat tepasida turgan hukumatlar yetarli darajada keskinlikda ushlab turishdi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida «import o‘rnini bosuvchi sanoatlashish» iqti­sodiy siyosati uchun quyidagi belgilar xos edi:

  • og‘ir sanoat sohalarini rivojlantirish;

  • xomashyo eksportini ko‘paytirish;

  • mahsulot ishlab chiqarishni himoya qilish maqsadida proteksionizm siyosatini amalga oshirish.

Mazkur rivojlanish strategiyasi 1950-1970-yillarda Lotin Amerikasi mamlakat­larida yiliga o‘rtacha 5-6 % iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash imkonini berdi. Shunga qaramay 1960-yillarning oxiriga kelib iqtisodiy rivojlanishning bu modeli quyidagi kamchiliklarga ega ekanligini ko‘rsatdi:

  • sanoat tovarlarini mahalliy ishlab chiqarishning mavjud emasligi;

  • ishsizlik muammosining hal etilmaganligi;

  • ishchi kuchi malakasining oshmaganligi.

1970-yillarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun Lotin Amerikasi ommaviy tartibda uning ichki bozorlarida yetishmayotgan tovarlarni import qila boshladi, qazib chiqarish sanoati sohalarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etishni davom ettirdi. Tashqi qarzlarni neft-dollarlar moliyalashtirish manbayi bo‘lib xizmat qildi. Biroq, neft inqirozi natijasida mintaqa mamlakatlarining tashqi qarzi 1975-yildan 1982-yilgacha 42,5 mlrd. dollardan 176,4 mlrd. dollargacha oshib ketdi.
1980-yillar boshidagi jahon iqtisodiy inqirozi va 1979-yildagi ikkinchi neft inqi­rozi oqibatlari Lotin Amerikasi mamlakatlari xomashyosiga bo‘lgan talabning keskin pasayishi, neft narxining oshib ketishi esa inflyatsiya darajasining ko‘tarilishiga olib keldi. Inflyatsiyaga qarshi kurash foiz stavkalari darajasini ko‘tarish orqali olib borildi, bu esa Lotin Amerikasi mamlakatlari moliyaviy holatini yanada og‘irlashtirib yubordi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida defolt holatining sodir bo‘lishini oldindan sezgan investorlar Lotin Amerikasidan o‘z kapitallarini investitsiya muhiti qulay mamlakatlarga ommaviy olib chiqib keta boshladilar.
Lotin Amerikasi hukumati bunga javoban proteksionizmga talabchanlikni oshirib yubordilar. Bojxona tariflarini 200 %gacha oshirish orqali importni qisqartirishga, kapitalning chiqib ketishini esa milliy foiz stavkalari darajasini oshirish orqali to‘xtatishga harakat qildilar. Biroq, Lotin Amerikasi mamlakatlarining moliyaviy tizimiga tashqi qarzdorlik tashvishi katta bosim o‘tkazdi, foiz stavkasini oshirish esa inflyatsiyaning jadal sur’atlarda oshib ketishini tezlashtirib yubordi. Mintaqa iqtiso­diy stagnatsiyaga tushib qoldi, aholining to‘lov qobiliyati keskin darajada pasaydi.
1980-yillarning ikkinchi yarmida Lotin Amerikasi davlatlari rivojlanishning dastlabki modelining chorasizligini anglab, inqirozdan chiqib ketishga sharoit yaratgan iqtisodiy o‘sishning yangi modelini tanladilar. Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining yangi modeli negizida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga ko‘ra, rivojlanishning tashqi omillari, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning tiklanishi yotar edi. Rivojlanishning mazkur modeli «kreol neoliberalizmi» sifatida mashhur.
Iqtisodiyotga neoliberalizmni joriy etishda Chili yetakchi mamlakat hisoblanadi. Keyinchalik Chili tajribasi Argentina, Braziliya va Meksikada amaliyotga joriy etildi. Bundan tashqari, Chili amaliyotida birinchi marta R.Reygan va M.Tetcherlarning «neokonservativ inqilob» nazariyasi general A.Pinochet rahbarligida sinab ko‘rildi. Chili iqtisodiyotini erkinlashtirish narxlar, foiz stavkalari, tashqi savdo siyosati, kapitallar harakati, mehnat bozori, soliq sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin