Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish modellarining bosqichlari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə85/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish modellarining bosqichlari8

Mamlakat

Davr

Strategiya

Gonkong

1953-yildan hozirgi davrga qadar

Eksportga yo‘naltirilgan siyosat

Koreya Respublikasi

1953-1960-yy.

Import o‘rnini qoplash siyosati

Tayvan

1953-1963-yy.

Import o‘rnini qoplash siyosati

Singapur

1959-1965-yy.

Import o‘rnini qoplash siyosati

Filippin

1949-1968-yy.

Import o‘rnini qoplash siyosati

Indoneziya

1961-1978-yy.

Import o‘rnini qoplash siyosati

Tailand

1961-1971 -yy.

Import o‘rnini qoplash siyosati

Malayziya

1957-1968-yy.

Import o‘rnini qoplash siyosati

Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida eksportga yo‘naltirilgan strategiyaga o‘tish XX asrning 60-70-yillarida boshlandi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning dastlabki bosqichida import o‘rnini qop­lash siyosati muhim rol o‘ynadi:

  • yuqori bojxona bojlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qildi;

  • arzon mahalliy tovarlar ichki bozorni tezda to‘ldirdi;

  • eksportdan tushgan xorijiy valyuta tushumi iste’molga moijallangan tovar­larni import qilishga emas, balki zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalar sotib olishga sarflandi. Bu, o‘z navbatida, sanoatlashtirish jarayonini jadallashtirdi.

Ushbu mamlakatlarda davlat sanoatlashtirish strategiyasini aniqlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini tanlash, eksportni rag‘batlantirish usullari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qilishni belgilab berdi.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra Janubi-sharqiy Osiyo yangi industrial mamlakat­larining iqtisodiy rivojlanish modeli qator kamchiliklarga ega bo‘ldi:

  • davlat va biznesning hamkorligi aksariyat mamlakatlarda davlat bilan iqtiso­diyotning birlashib ketishiga olib keldi. Bu jarayon markazlashgan holda tartibga solish (Malayziya), davlat tomonidan yirik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash (Janubiy Koreya), yarim davlat kompaniyalari tizimini yaratish (Indoneziya) kabi shakllarda amalga oshirildi. Korrupsiya ko‘pchilik mamlakatlarda jiddiy iqtisodiy muammoga aylandi;

  • iqtisodiy o‘sish sur’atlariga mutanosib ravishda ish haqi va aholi daromadlarining o‘sishi sodir bo‘lmadi. 1980-yillarda Tailand, Malayziya va Indoneziyada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ko‘rsatkichi yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga qaramasdan «katta yettilik» mamlakatlari ko‘rsatkichlariga nisba­tan mutanosib ravishda 7,2 va 34 %ga qisqardi. Bu yangi industrial mamlakat­larning o‘z ichki bozorlariga tayanish imkonini bermadi va eksportga yo‘naltirilganlikning mezoniy darajasini saqlab qolishga majbur qildi;

  • Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida aholining savodxonlik darajasi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastligicha qolmoqda. Janu­biy Koreyada yoshlarning hammasini maktablarga borgani holda Tailandda yoshlarning 40 %, Indoneziyada 45 % maktabga borish imkoniyatiga ega. Agar AQSh da kollej bitiruvchilarining 65 % oliy o‘quv yurtlariga kirsa, Malayziyada ushbu ko‘rsatkich 12 %ni tashkil etadi;

  • ushbu mamlakatlarda fond bozorlarining kapitallashish darajasi juda yuqori. Misol uchun, 1990-yillarda rivojlangan mamlakatlarda fond bozorlarining kapi­tallashish darajasi 100 %ni tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich Singapur, Malayziya, Gonkongda mos ravishda 259, 452 va 631 %ga teng bo‘lgan.

    1. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarining


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin