Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


JAHON XO’JALIGIDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR IQTISODIYoTI.RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR – XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə9/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

JAHON XO’JALIGIDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR IQTISODIYoTI.RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR – XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA
Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni juda katta bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’si va Shimoliy Amerika materigida joylashgan. Rivojlangan (ayniqsa “katta yettilik”G7 yoki RFning qo’shilishi bilan ataluvchi “katta sakkizlik” G8 ) davlatlar iqtisodiyotini o’rganish va ularning iqtisodiy rivojlanish tajribasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvatini pasayishiga yo’l ko’yilmaydi.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida yirik TMKlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (YeI, NAFTA, ASEAN va boshqalar) muhim rol o’ynamoqda. O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan( ayniqsa, YeI, RF, AQSh, Osiyo-Tinch okeani davlatlari) olib borayotgan savdo- aloqalari yildan – yilga kengayib bormoqda.XX asrning 50-yillaridan so’ng jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishining ahamiyatli tomonlaridan biri, mustamlaka va qaram mamlakatlarning (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari) roli va ahamiyatini iqtisodiy jihatdan kuchayib borayotganligidir. Ushbu mamlakatlar hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar yoki ozod etilgan mamlakatlar, “Uchinchi dunyo mamlakatlari”, “janub mamlakatlari”, “periferiya mamlakatlari” sifatida tilga olinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasiga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar – iqtisodiyotning ko’p ukladli xarakterga egaligi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining past darajadaligi, sanoat, qishloq xo’jaligi va ijtimoiy infrastrukturaning qoloqligi, iqtisodiy rivojlanishi jahon xo’jaligi tizimiga (ayniqsa – yetakchi mamlakatlarga) qaramligi, kapitalizmni periferik xarakter kasb etishi va boshqalar.
Jahon iqtisodiyoti va XIMda “yangi industrial mamlakatlar” (“YaID”) rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligida iqtisodiy rivojlanish parametrlarining barcha tizimlari bo’yicha ajralib turadi. Ya’ni, ularning rivojlanishi “yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir.
Transmilliy kompaniyalar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuksak iqtisodiy o’zgarishlarni vujudga keltirayotganligi bilan bir qatorda, ushbu mamlakatlarning texnik taraqqiyotining ichki rivojlanish omillarining rivojlanishiga ham juda katta imkoniyatlar ochib bermoqda.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin