Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


DYs= DK α , DK investisiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tenglikni: DYs= I α



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə72/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
DYs= DK α , DK investisiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tenglikni:
DYs= I α deb yozish mumkin, bunda,α – kapital qo’yilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so’mga oshirish uchun 4 mlrd so’m investisiya talab etilsa α =0,25 bo’ladi.
α=DYs / I bir so’mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko’rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega
DYd= D I ( 1/ b) , bu yerda 1/ b – xarajatlar multiplikatori, b–jamg’arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qo’shimcha investitsiyalarning multiplikativ ko’payishiga teng miqdorda o’sishini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish to’plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qo’shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko’payishi sababli taklif tenglamasida jami investisiyalar, talab tenglamasida esa qo’shimcha investitsiyalargina ko’rib chiqilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo’shimcha o’sish sur’atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ b) = I α
Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz:
D I / I = b α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o’sish sur’ati bo’lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to’liq bandlilikni ta’minlab turish uchun (μ α) miqdorga teng bo’lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o’sish sur’ati jamg’arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo’lsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demak investitsiyalarning o’sish sur’ati 8% bo’lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shundan iboratki iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun investisiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg’arish normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.
Agar E.Domar o’z modelida investisiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan bo’lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o’sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko’ra nafaqat investisiyalar ishlab chiqarishning o’sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning o’sgan hajmi ham investisiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o’z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangan o’sish sur’ati tenglamasi;
2) haqiqiy o’sish sur’ati tenglamasi;
3)tabiiy o’sish sur’ati tenglamasi.
R Xarrod modelida haqiqiy o’sish sur’ati ishchi kuchining o’sish sur’ati va kapital unumdorligining o’sish sur’ati bilan belgilanadi.
G c = s , bu yerda
G - YaIMning haqiqiy qo’shimcha o’sish sur’ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffisenti, I / Δ Y ;
s- milliy daromaddagi jamg’arish hajmi yoki jamg’arishga o’rtacha moyillik(S/Y).
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o’sish sur’ati bo’lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o’sish sur’atiga asoslanib o’z investisiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o’sish sur’ati jamg’arishga o’rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s / cr , bu yerda: Gw – kafolatlangan o’sish sur’ati, cr – talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti ( o’tgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko’rsatkichlar doimiy bo’lganligi sababli kafolatlangan o’sish sur’atlari ham doimiy bo’ladi.
Agar haqiqiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o’sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo’lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro’y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to’liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bo’lgan maksimal o’sish sur’ati tabiiy o’sish sur’ati deb nomlandi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin