11.2. Iqtisodiy o’sishning neokeynscha modellari. Ye.Domar va R.Xarrod modeli
Iqtisodiy o’sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko’payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o’sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko’rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha:
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to’g’risidagi bosh g’oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan;
iqtisodiy o’sishning asosiy omili investisiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o’sish modelidan soddarog’i 40-yillarda E.Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Keyns o’z tahlilida investisiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani o’oldaa, yalpi taklifga ta’sirini ko’rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarni barqaror holatida ushlab turadi, investision lag “0” ga teng, kapital qo’yilmalarning chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investisiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investisiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko’rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o’sishi yalpi taklifning o’sishiga teng bo’lishi uchun investitsiyalar qanday o’sishi kerak degan savol paydo bo’ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o’z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
taklif tenglamasi;
talab tenglamasi;
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investisiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo’shimcha o’sishini ko’rsatadi . Agar berilgan sharoitda investisiyalar I o’ssa, yalpi ishlab chiqarish DK α miqdorga o’sadi: