2. Korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi. Qator mamlakatlarda korrupsiya juda ham keng tarqalgan. Bunday xatti-harakatlarning kundalik faoliyatda tomonlar o’rtasida kelishilgan xolda amalga oshirilishi hamda ko’pchilik ularni muhim ahamiyatga ega emas va tabiiy hodisa deb qarashi bilan bu muammo yana xam chuqurlashadi va qiyinlashadi. Ko’pgina jamiyatlarda o’zaro kelishish ya’ni korrupsiya tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga imkon beradigan va ish davlat muassasalari bilan bog’liq bo’lganda keraksiz kutishlarni yoki to’siqlarni bartaraf etishning yagona usuli g’isoblanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ppimpdagi mansabdor shaxslarning korrupsiyalashuvi barcha davlatlar uchun ham alohida tajovuz vujudga keltiradi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquq-tartibotni saqlashdagi hal kiluvchi rolini hisobga olgan holda korrupsiyalashuvi yana ham tashvishlirokdir. Militsiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi mansabdor shaxslarining korrupsiyalashganligi bilan to’qnash kelgan keng jamoatchilikda ishonchsizlik, qo’rquv his qilish va hokimiyat bilan hamkorlik qilmaslik niyati paydo bo’la boshlaydi. Bu esa jamiyat a’zolarining an’anaviy ijtimoiy tuzilmalarni qullab-quvvatlashining susayishiga olib keladi va okibatda jamiyat tizimlariga jiddiy zarar etkazadi. Boshqacha qilib aytganda korrupsiya-tarqalishi, davlat mansabdor shaxslarining sotqinligi jinoyatchilarning jazosiz qolishi bilan bir-vaqtda yuz berayotganligini ko’rayotgan shaxslarni beadablik, orsizlik va kelishuvchanlik yo’liga o’tib olishiga olib kelmokda. Bunday holatda ularda nima uchun o’zimni jinoyat sodir etishdan ushlab turishim kerak. Agarda bunday qilmaslik uchun imkoniyat yaratib berilayotgan bo’lsa degan fikr paydo bo’ladi. "Korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolar-huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. "qonunlar va farmomlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o’tishdir", degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eig oddiy huquqiy-tartibot va jamoat tartibini saklab turish qobiliyatidan mahrum bo’lishiga olib boradi".
Korrupsiya jamiyatda jinoyatchilikning mavjud bo’lishini taqozo etadigan salbiy hodisa, voqea va jarayonlarning oqibatidir. Shu bilan birgalikda korrupsiyaga oid jinoyatlarning o’ziga xos maxsus sabablari ham mavjud. Bu sabablarni shartli ravishda uch guruhga ajratamiz: 1) davlat xizmatchisi faoliyat ko’rsatayotgan joydaga xizmat muhiti bilan bog’liq bo’lgan sabablar: beriladigan ish haqi o’zi va oila a’zolarining munosib hayot kechirishini ta’minlamasligi; masalalarni hal qilishni davlat xizmatchisining ixtiyoriga hech bir nazoratsiz havola qilib qo’yish; davlat xizmatchilar o’rtasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oddiy holat deb qabul qiladigan ijtimoiy-ruhiy muhitning mavjudligi va h.k.; 2) davlat xizmatchisida moddiy manfaat olish uchun qonun va axloq normalarini, kasb or-nomusini qurbon qiladigan ochko’zlik, g’arazgo’ylik, hasadgo’ylik kabi g’ayriijtimoiy fazilatlarning mavjudligi. Bunday g’ayriijtimoiy fazilatlar esa shaxsan u o’sgan, tarbiya olgan, faoliyat ko’rsatayotgan muhit ta’sirida shakllanishi hammamizga ma’lum; 3) davlat xizmatchisi faoliyati ustidan ijtimoiy nazoratning yo’kdigi yoki uning etarli darajada emasligi.