10- Mavzu. Terrorizm xamda diniy ekstremizm bilan bogliq jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olish. 1.Terrorizm va diniy ekstremizm tushunchasi
2. Diniy ekstremizm tushunchasi
3.Terrorizmning ijtimoiy siyosiy vaziyat bilan bog’liqligi
4. Diniy ekstremizmning ijtimoiy siyosiy vaziyat bilan bog’liqligi
5.Terrorizm va diniy ekstremizmni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar
6.Terrorizm jinoyatchiligining kriminologik xolatini tavsiflang.
7.Ekstremizm jinoyatining kriminologik tavsifi.
o‘zbekiston respublikasi OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIm vazirligi
1-Mavzu. Kriminologiya tushunchasi, predmeti va tizimi. Jinoyatchilik tushunchasi va uning tarkibi va latent jinoyatchilik.
«Jinoyatchilik» tushunchasi - kriminologiyaning eng muhim va ayni vaqtda eng qamrovli tushunchasidir. Unga kamida ikki nuqtai nazardan: formal miqdoriy (statistik) va sifat (sotsiologik) tomonlardan yondashish mumkin.
Jinoyatchilik - antiijtimoiy hulqning alohida bir turi bo’lib, jinoiy tajovuzlarning yig’indisidan iborat. Jinoyat va jinoyatchilik tushunchalari har xil tushunchalar bo’lib, jinoyatchilik alohida jinoyatlar yig’indisidan tashqil topgan mustakil ijtimoiy hodisadir.Jinoyatchilik – jinoyat-huquqiy hodisadir, chunki uning tarkibidan o’rin olgan jinoyatlar doirasi amaldagi jinoyat qonunchiligida belgilab qo’yiladi. Biz jinoyatchilik to’g’risida so’z yuritganimizda, davlat tomonidan tan olingan ijtimoiy-xavfli va g’ayrihuquqiy qilmishlar (harakatlar yoki harakatsizlik) majmuidan kelib chiqamiz. Jinoyatchilik o’zining huquqiy belgisi bilan boshqa ijtimoiy hodisalar (axloqiy normalar)dan, jinoyat-huquqiy belgisi bilan esa – boshqa, jinoyat hisoblanmaydigan jinoiy (intizomiy, ma’muriy, fuqarolik-huquqiy va b.) huquqbuzarliklardan farq qiladi.