Ayollar jinoyatchiligi – firibgarlik, mayda o’g’rilikdan erkaklarga xos bo’lgan jinoyatlarga o’tmoqdalar. Ayollar jinoyatchiligiga kriminologik tavsif berishda shuni ta’kidlash lozimki, bu hodisa ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha erkaklar jinoyatchiligiga yaqinlashmoqda.
8- Mavzu. Ekologiya sohasidagi jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olish.
Ekologiya sohasidagi jinoyat – bu jinoyat qonunida nazarda tutilgan atrof muhit va uning unsurlariga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). U tabiat ob’ektlaridan bevosita g’ayrihuquqiy foydalanish yoki ularga zararli ta’sir ko’rsatish natijasida ularda salbiy o’zgarishlar yasalishida ifodalanishi mumkin.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar –bu jinoyatlarga jumlasiga (bugungi kunda va qonunga binoan) quyidagilar kiradi: ekologik xavfsizlik normalari va talablarining buzilishi; atrof tabiiy muhitning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni ataylab yashirish yoki buzib ko’rsatish; atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini tugatish choralarini ko’rmaslik; atrof tabiiy muhitni ifoslantirish; yerdan, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish; ekinlar, o’rmonlarni nobud qilish; o’simliklar kasalliklari yoki zararkunandalariga qarshi kurash talablarini buzish; veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish; zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzish; hayvonot yoki o’simliklar dunyosidan foydalanish tartibini buzish; suv yoki suv havzalaridan foydalanish talablarini buzish; alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar rejimini buzish.
Ekologik-huquqiy javobgarlik instituti - kompleks xususiyatga ega, chunki huquqning turli tarmoqlari (er,konchilik, suv, o’rmon huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi va b.) normalarini o’z ichiga oladi.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar ob’ekti - tabiatdan oqilona foydalanish, inson uchun qulay tabiiy muhitni saqlash va jamiyatning ekologik xavfsizligini ta’minlash borasidagi ijtimoiy munosabatlar