Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə63/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
kriminologiya modul

5.Uyushgan jinoyatchilik- chegara bilmas murakkab ijtimoiy hodisadir.Bir necha o’n yilliklar mobaynida u jahondagi ko’pgina mamlakatlarningiqtisodiy va madaniy rivojlanishiga yo’ldosh bo’lib, jamiyatning illatlari bo’lmish korruptsiya,tahmagirlik,zo’ravonlik, giyohvandlik,fohishabozlik va boshqalar uchun nihoyatda qulay sharoitlar yaratib beradi.
6. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish– bu jinoyatchilik sabablari va omillarini bartaraf etish yoki ularning oldini olishga qaratilgan davlat va jamoat chora-tadbirlari majmui ekanligini yodda tutish kerak. Jinoyatchilikning oldini olish huquqiy davlat, uning iqtisodiyoti, mafkurasi, madaniyati,odamlar o’rtasidagi rang-barang ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar majmui, ya’ni jamiyat hayotini jinoyatchilikka zid bo’lgan tarzda tashkil etish yo’li bilan ta’minlanadi.
7.Kriminogen (jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi yoki ularga imkoniyat yaratuvchi) omillarni bevosita bartaraf etish borasidagi izchil faoliyat ham jinoyatchilikning oldini olishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti bu yerda uning fosh qilinishi hamda uning oldini olish nuqtai nazaridan, ayniqsa, jinoyat protsessi yo’nalishida oqilona huquqiy normalar yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.

5- Mavzu. Voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olish.
Voyaga etmaganlar jinoyatchiligining oldini olish- shaxsini tarbiyalash va axloqan tuzatish ijtimoiy faoliyatdir, axloqiy va huquqiy chetga chiqishning hamda uning jinoiy faoliyatga o’sib chiqishining oldini olishdir, voyaga etmagan kishi shaxsidagi endi shakllana boshlagan g’ayri ijtimoiy o’zgarishlarning oldini olib, to’g’ri yo’lga solishdir, shuningdek, unga ta’sir qiluvchi mikromuhitdagi salbiy va kriminogen faktorlarni bartaraf qilib, voyaga etmagan tomonidan jinoyat sodir etilishi oldini olishdir.
Uyushgan jinoyatchilik sardorlari- o’smirlarni o’z ta’siri doirasiga bajonidil kiritib, ularning professional jinoiy shakllanishi va o’sishini nazorat qilmoqdalar. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlari ham diqqatga sazovor. Mazkur toifaga mansub jinoyatchilar orasida doimiy daromad manbaiga ega bo’lmagan (ishlamaydigan va o’qimaydigan) o’smirlar ko’pchilikni tashkil etishini deyarli barcha tadqiqotchilar qayd etadilar.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin