Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining omillari -nazoratsizlik; umumiy ta’lim maktablari va kollejlarda ta’lim-tarbiya ishlarida mavjud kamchiliklar; ishga joylashtirishda hamda ishlab chiqarishda tarbiya ishlarini tashkil etishda mavjud kamchiliklar; madaniy hordiq chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar; voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish hamda unga qarshi bevosita kurash olib borish vazifalari zimmasiga yuklangan organlar faoliyatidagi kamchilikar.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari -o’smirning kayfiyati va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatuvchi hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar; ma’naviy va axloqiy mo’ljallarning beqarorligi; shaxslar jinoiy guruhi bilan yaqin aloqada bo’lish yoki muayyan sharoitda ular o’smirga salbiy ta’sir ko’rsatishi; ruhiyatining ayrim xususiyatlari; oila yoki jamoadagi noqulay shart-sharoitlar.
Jinoyatchilikning ijtimoiy-psixologik jihatlari -jinoyatchilikning asosiy sabablarini aniqlash uchun jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishini, uni belgilovchi aloqalar va munosabatlarni o’rganish va ularni jinoyatchilikka bog’lab tahlil qilish kerak.
Tarbiyasi og’ir o’smir – bu axloqan tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan shaxs. Uni axloqan tuzatish va tarbiyalash mazkur shaxs jinoyatchiga aylanishining oldini olish, shuningdek uning jamiyat bilan normal aloqalarini tiklash, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish - vazifasini amalga oshirish – boshlangan shaxs buzilishini to’xtatishga, uning ayrim salbiy xususiyatlariga barham berishga, shuningdek mikromuhit kriminogen omillarining ta’siriga chek qo’yishga qaratilishi lozim.
6- Mavzu. Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va oldini olish. Oilada, oilaga qarshi sodir etiladigan jinoyatlar - nazariy negizini oila kriminologiyasi ishlab chiqadigan oilani kriminologik tuzatish kontseptsiyasi tashkil etadi. U jinoiy xulq-atvor sabablariga qarshi oila imkoniyatlaridan foydalanish chora-tadbirlari tizimini nazarda tutadi.Oilaviy munosabatlarga kriminologik tuzatish kiritish umumiy (profilaktik) choralar tizimidan iborat, chunki oilaga ta’sir ko’rsatish yo’li bilan nafaqat oiladagi jinoyatlarning,balki boshqa barcha jinoiy qilmishlarning ham oldini olish mumkin.