Maxsus ta’LIm vazirligi


- Mavzu. Uyushgan jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olish



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə62/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
kriminologiya modul

4- Mavzu. Uyushgan jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olish.

1.Kriminal professionalizmga quyidagilar xos: a) "ixtisoslashganlik", ya’ni jinoiy faoliyatning surunkaliligi; b) "malakalilik", ya’ni zarur bilim va ko’nikmalarga egalik; c) jinoiy faoliyat tirikchilik manbai hisoblanadi; d) shaxs g’ayriijtimoiy muhit bilan bevosita aloqa qiladi.


2.Uyushgan jinoyatchilik belgilari jumlasiga yuqorida qayd etilgan umumiy belgilardan tashqari quyidagilar ham kiritiladi: klanlar, mafiyalar, jinoiy guruhlarning yashirin faoliyati; yuqorida zikr etilgan jinoiy uyushmalarning barcha a’zolari o’zaro kelishilgan jinoiy xulq-atvor kodeksiga qat’iy rioya etishi; xufyona iqtisodiyot korchalonlari, jinoiy uyushmalarning sardorlari asosan tashkilotchilik va rahnamolik vazifalarini bajaradi va odatda, muayyan jinoyatlar sodir etish bilan bog’liq bo’lmaydi, shu bois ularni jinoiy javobgarlikka tortish ancha mushkul ish hisoblanadi.

3.Korruptsiya - davlat funktsiyalarini bajarish vakolatiga ega bo’lgan (yoki ularga teng lashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o’z maqomi va u bilan bog’liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi».
4.Uyushgan jinoyatchilik turlari to’g’risida so’z yuritganda -Birinchi yo’nalish – tamagirlik niyatidagi xo’jalik jinoyatlari. Ikkinchi yo’nalish – umumiy uyushgan jinoyatchilik. So’nggisi g’ayriqonuniy tijorat bilan emas, balki talonchilik, bosqinchilik va hokazolar bilan shug’ullanuvchi jinoyatchilar orasidagi uyushgan jinoyatchilik. Amalda bu haqiqiy mafiyadir. Uyushgan jinoyatchilik tarkibi: sardor, rahbarlar, shaxsiy soqchilar, jangarilar, yordamchi «ishchi kuchi». Bularning barchasini jinoiy faoliyat sohasi qamrab oladi. Uyushgan jinoyatchilikning shakli (jinoiy uyushma, mafiya, banda)ga qarab ularning elitasi yuzaga keladi. Ayrim hollarda u o’zganing mol-mulkini ko’p miqdorda talon-toroj qiluvchilar, «ishbilarmonlar», moliyaviy korchalonlardan tashkil topadi. Ularning maqsadi – ko’p miqdorda moddiy boylik orttirish, o’z hokimiyati doirasini kengaytirish. Ba’zi hollarda bu elita o’g’riboshilar, jinoiy muhitdagi «avtoritetlar»dan tashkil topadi


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin