Jinoyatchilikning holati- jinoyatchilik uch asosiy ko’rsatkich holati (darajasi), tarkibi va dinamikasi bilan o’lchanadi. Bundan tashqari, jinoyatchilikning yetkazilgan zarar hajmi yoki miqdori va xususiyati kabi qo’shimcha ko’rsatkichlari ham farqlanadi.
Latent jinoyatchilik- «latent», ya’ni «yashirin» jinoyatchiliksiz jinoyatchilikning holati umumiy tushunchasining tavsifi to’liq bo’lmaydi.
Latent jinoyatchilik deyilganda sodir qilingan jinoyatlarni tekshirish va tergov qilish organlaridan yashirinishi tushuniladi.
Kriminologiya – bu jinoyatchilik, jinoyatchini shaxsi, jinoyatchilikning sharoit va sabablarini aniqlab, bashorat qilish asosida jinoyatchilikning oldini olishni yo’llari va vositalarini ishlab chiqishini o’rganuvchi ijtimoiy huquqiy fandir.
Kriminologiya predmeti – har qanday va oddiy xulq-atvor emas, balki alohida xulq-atvor. Bu xulq-atvor jinoiy xususiyatga ega, shu bois u jinoiy xulq-atvor deb ataladi, ya’ni xulq-atvor avvalo jinoyat qonunini, uning normalarini buzish bilan bog’lanadi. Kriminologiya inson xulq-atvorini o’rganuvchi boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlardan asosan shu jihati bilan farq qiladi. Ayni shu sababli jinoiy xulq-atvor jinoyat bilan bevosita bog’liq, chunki muayyan jinoiy qilmish sodir etilganligi tufayligina xulq-atvor jinoiy deb e’tirof etiladi.
Kriminologiyaning asosiy ob’ektlari – jinoyat va jinoyatchi jinoyat huquqi sohasida yotadi, biroq kriminologiya ularning jinoyat-huquqiy belgilarini aniqlash bilan kifoyalanmaydi, balki jinoyat majmuining qonuniyatlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini, ularning sabablari, jabrlanuvchilar hamda jinoyatchi shaxsi bilan jinoyatchilikning o’zaro aloqalarini aniqlaydi.
Kriminologiyaning tizimi.MDH doirasida mavjud adabiyotlarda kriminologiyani ikki muhim bo’lim (umumiy va maxsus qismlar)ga ajratish qabul qilingan.
Kriminologiyaning vazifalari- jinoyatchilikning mazmuni hamda namoyon bo’lish shakllari,uning qonuniyatlari, asosiy va ikkinchi darajali harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini, shuningdek jinoyatchi shaxsi,uning tarkibiy va funktsional xususiyatlarini bilish birdanbir maqsad emas. U pirovard natijada hozirgi bosqichda jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish borasidagi muhim amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan.