Yuqori korrusiya - hokimiyat organlarida ishlovchi siyosatchilar oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi, hamda yuqori bahoga ega bo’lgan qarorlar qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, mulkchilik shakllarini o’zgartirish va shu kabilar) bilan bog’liq. Aksariyat hollarda korrupsiya bitimidan manfaatdor bo’lgan ikkala tomon bitta davlat hokimiyati organiga mansub bo’ladi. Masalan, quyi turuvchi davlat organining amaldori yuqori turuvchi boshlig’iga u pora buruvchining korruptsiya harakatlarini yopib turishi yoxud qo’shimcha moliyaviy resurslar, vakolatlar berishi kabilar evaziga pora beradi.
Korrupsiyaning vertikal shakli -vazirliklar va idoralarning butun vertikal darajasida, ayniqsa, Moliya vazirliklarida (transfaretlar, dotatsiyalar, ssudalar va boshqa byudjet mablag’larini ajratishda) kuzatiladi.Bu yerda korruptsiya quyi va yuqori o’rtasida ko’prik vazifasini bajaradi.Bu juda havflidir, chunki mazkur hodisa tarqoq harakatlar bosqichida ildiz otayotgan shakllar bosqichiga o’tganidan dalolat beradi.
10- Mavzu. Terrorizm xamda diniy ekstremizm bilan bogliq jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va oldini olish. Terror - “Terror” o’zbekcha qo’rquv, vahima ma’nosini bildiradi. Deyarli barcha davlatlarda bu turkumdagi jinoyat yagona nom bilan, ya’ni terrorizm atamasi bilan nomlanadi.
Terrorizmjinoyati - aniq bir shaxsga yoki qonun bilan qo’riqlanadigan alohida bir ijtimoiy munosabatga tajovuz qilishga qaratilmay, sub’ekt yoki sub’ektlar muayyan bir maqsadga erishish uchun tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga, xalqaro munosabatlarning normal rivojlanishiga, davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi iqtsodiy asoslariga, jamoat xavfsizligiga, inson yoki insonlar hayoti va sog’lig’iga, kishilarning qonun bilan qo’riqlanadigan huquq va manfaatlariga tajovuz qiluvchi o’ta murakkab jinoyat hodisasi hisoblanadi. Ushbu jinoyat, ko’pgina yuridik adabiyotlarda ta’kidlanishiga ko’ra, ko’proq siyosiy maqsadlarga erishish yo’lida qilinadigan g’oyat keskin, juda xavfli oqibatlar keltirib chiqaradigan jinoiy faoliyat hisoblanadi.