9. «Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ahvoli» tushunchasi nimani bildiradi? a) iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning umumiy ahvoli
b) muayyan davr mobaynida muayyan hududda sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soni
c) retsidivistlar sodir etgan jinoyatlarning umumiy soni
d) muayyan vaqt mobaynida muayyan hududda sodir etilgan,shuningdek ularni sodir etgan voyaga yetmaganlarning umumiy soni
10. Jinoyatchilikning mutlaq o’sishi deganda nima tushuniladi? a) muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan jinoyatchilik hajmining o’sishida namoyon bo’ladigan jinoyatchilik dinamikasining ko’rsatkichi
b) muayyan vaqt mobaynida muayyan davrda, huddda yoki viloyat, tumanda sodir etilgan jinoyatchilik hajmining o’sishida namoyon bo’ladigan jinoyatchilik dinamikasining ko’rsatkichi
c) jinoyatchilik dinamikasining muayyan davr mobaynida sodir etilgan jinoyatlar sonining o’sishida namoyon bo’ladigan ko’rsatkichi
d) muayyan davr mobaynida jinoyatchilik hajmining ortishi bilan ifodalanadigan individual jinoiy mexanizm sabablari va shart-sharoitlari dinamikasining ko’rsatkichi
11. Jinoyatchilikning barqarorligi nima? a) hududdagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning barqarorligi
b) retsidiv va birlamchi jinoyatchilikning barqaror nisbati
c) hududdagi iqtisodning barqaror holati
d) harakatlarni sodir etish mexanizmining barqarorligi
12. Jinoyatchilikni o’rganish bosqichlarining va unga qarshi kurashish choralarining turlarini ko’rsating. a) tayyorlov, asosiy (ishchi) va yakuniy
b) birlamchi va ikkilamchi
c) birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va yakuniy bosqichlar
d) bosqichlar har xil bo’ladi
13. Jinoyatchilikning ta’rifini ko’rsating. a) muayyan sabablar va shart-sharoitlar tufayli muayyan ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan tarixan o’zgaruvchan, ommaviy,salbiy ijtimoiy hodisa
b) muayyan iqtisodiy jinoyatlar majmui
c) boshqaruv tartibiga qarshi muayyan jinoyatlar majmui
d) muayyan jinoyatlar majmui