10. Quyidagi terminlarning qaysi biri jinoyatchilikning elementini aks ettiradi? a) holat
b) ulush
c) rivojlanish
d) tugatish
11. Jinoyatchilikning holati deganda nima tushuniladi? a) jinoyatchilik koeffitsienti
b) muayyan davr mobaynida muayyan hududda sodir etilgan jinoyatlarning hamda ularni sodir etgan shaxslarning soni
c) muayyan turdagi jinoyatlarning ulushi va muayyan hududda sodir etilgan jinoyatlarning soni hamda muayyan jinoyatlarning muayyan davr mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soniga nisbati
d) qayd etilgan vaqt mobaynida jinoyatchilikning o’zgarishi
12. Jinoyatchilik darajasini nima bildiradi? a) jinoyatchilikning koeffitsienti
b) jinoyatchilikning holati
c) muayyan turdagi jinoyatlarning ulushi
d) muayyan hududda sodir etilgan barcha jinoyatlarning hamda ayrim turdagi jinoyatlarning soni
13. Jinoyatchilikning tuzilishi deganda nima tushuniladi? a) odam o’ldirganlik uchun hukm qilingan jinoyatchilar sonining ular bolalarining soniga nisbati
b) ayrim turdagi jinoyatlarning barcha jinoyatlarning umumiy sonidagi ulushi
c) jinoyatchilikning koeffitsienti
d) jinoyatchilikning o’sishi va pasayishi
14. Quyida keltirilgan ta’riflardan qaysi biri «jinoyatchilikning dinamikasi» terminining ma’nosini aks ettiradi? a) jinoyatlarning umumiy soni
b) jinoyatlarning o’sishi va pasayishi
c) jinoyatchilikning koeffitsienti
d) bosqichlashtirish orqali ko’chirilgan jinoyatchilarning soni
15. Jinoyatchilikning yuzaga kelishi sabablari nimalardan iborat? a) xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi, ibtidoiy urug’chilik tuzumining sinflarga bo’linishi, ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarning paydo bo’lishi
b) jamiyatda turli xil davlat tuzilmalarining, davlatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyati paydo bo’lishi
c) yangi turdagi texnologiyalarning paydo bo’lishi, turli hududlarda ishlab chiqarishning kengayishi
d) har xil fanlarni, jamiyatda yuzaga keladigan jarayonlar va hodisalarni o’rganadigan xususiy ilmiy predmetlarning paydo bo’lishi