Mavzu Texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari
Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari. Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo’lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog’lik holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o’rinda eng katta kiyinchiliklar aniq, hakikatdan mavjud buyum va ko’rsatgichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o’tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog’lik bo’ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko’nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiyreproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog’lik bo’lgan 4 ta davrini ajratib oldik. Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo’ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, echimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi kanchalik ko’p bo’lsa, bu jarayon shu kadar kam vakt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan ikkinchi davr - muammo echimini topishga o’tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, kidirilayotgan echimning izlanuvchi mutaxassisligiga bog’lik bo’lib, unda karalayotgan muammoning echimi bo’lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil qilinadi. Uchinchi – produktiv davrda hal kilinishi lozim bo’lgan muammo va tanlangan echim o’zaro bog’lanadi va texnik echim kono’epo’iyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng mahsuliyatli davri bo’lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi taklif etilayotgan g’oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi tahsir ko’rsatadi. Yahni, echim ijobiy natija bersa, uning amaliyotga tadbik kilinishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, echim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi. To’rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan echimni asoslash uchun hisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik echimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi. Har bir bosqichdaning natijaligi o’quvchilarda texnik fikrlash, Mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog’likdir.