Maxsus tarix fanidan


ASOSIY QISM I BOB. Kataloglar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 37,13 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2023
ölçüsü37,13 Kb.
#127432
1   2   3   4   5
KATALOGLAR VA ULARNING TURLARI , KATALOGLAR TUZISH TARTIBI

ASOSIY QISM
I BOB. Kataloglar haqida umumiy tushuncha.
1.1. Kataloglar va ularning turlari.
Katalog arxiv ma’lumotnomalarining bir turidir. Unda hujjatlar haqidagi (kartochkalarga yozilgan) axborotlar mavzular, tarmoqlar bo’yicha guruhlashtirilgan bo’ladi. Kataloglar alohida bir fondga, arxivning barcha fondiga, bir necha arxivlarga va xatto respublika davlat arxiv fondiga tuzilishi mumkin. Katalog fondlararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim o’rin tutadi. Kataloglar bir arxivning fondlari to’risida, shuningdek bir necha arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to’la ma’lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xar bir davlat arxivida hujjatlarni kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish deganda kataloglar tuzish jarayonida bajariladigan barcha ishlar, ya’ni kataloglarni tuzish tarh (sxema) larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish, shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlari nazarda tutiladi. Muammoli savol: Arxiv hujjatalrini kataloglashtirishning asosiy qoidalari nimalardan iborat? Kataloglar o’ziga xos tuzilishga egadir. Odatda kataloglar tuzish jarayonida hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, tarmoqlar, mavzular, familiyalar yoki sanalar bo’yicha joylashtirilib, ularning har biri katalogning alohida bo’limi yoki bo’lagini tashkil etadi. Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarhlari belgilaydi. Hujjatlar xakidagi axborotlarni turkumlash tarhi yozma yoki grafikali hujjatdir. Tarh ma’lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan olingan axborotlarni shu bo’laklar bo’yicha joylashtirishga muljallangan katalogning turkum bo’laklari ro’yxatidir. Mana shu tarh orkali hujjatlarni o’rganish, kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarni katalogda joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarhi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladi. Tarh bo’laklari ma’lumotnoma tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarhi qancha to’la, mukammal, chuqur ishlangan bo’lsa, hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi. Hujjatlar haqidagi axborotlar katalogda kartochkalarga yozilib, joylashtiriladi. Kartochkalarda bayon qilingan axborotlar ayrim hujjat, bitta yig’ma jild yoki bir-biriga o’xshash bir guruh yig’majildlarga tegishli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Shu bilan katalog kartochkalaridagi ma’lumotlar yig’majildlar ro’yxatidagi ma’lumotlardan farq qiladi. Ma’lumki, ro’yxatda bitta yig’majildga tegishli ma’lumot beriladi. Katalog yig’majildning ichidagi ayrim hujjatlar to’g’risida ham ma’lumot beradi. Katalogning ro’yxatdan ustun tomoni ham shundadir. Katalogning asosiy bulagi rubrika - sarlavha qismidir. Bu qismda aniq masalaning nomi, shaxsning familiyasi, sana to’g’risida hujjatdagi ma’lumotlar bo’ladi. Katalog kartochkasida shu hujjatning manzili ham yozilgan bo’ladi. Tadkiqotchini shu masala yoki familiya qiziqtirsa, hujjat manzilini yozib olib, arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin bo’ladi. Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko’ra ikkiga bo’linadi: mantiqiy tuzilishdagi kataloglar va alfavit tuzilishidagi kataloglar. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy uzaro bog’liq holda bo’ladi. Ikkinchi tur kataloglarda esa hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit bo’yicha joylashgan bo’ladi. Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar qatoriga sistematik, xronologik, mavzuiy asoslarda tuzilgan kataloglar kiradi. Alfavit tuzilishli kataloglar tarkibiga – ismlar katalogi, geografik nomlar katalogi va boshqa shunga o’xshash kataloglar kiradi. Sistematik katalog arxiv kataloglari turlaridan biridir. Bunda hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki ijtimoiy faoliyat sohalari bo’yicha guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma-ket joylashtiriladi. Sistematik katalog umumiy va ayrim tushunchalarning o’zaro bog’liqligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan, «Din» umumiy tushunchasiga quyidagi ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm», «Iudaizm» (yaxudiylik), «Buddaviylik». O’z navtabida «Islom» ham umumiy tushuncha bo’lib, ayrim tushunchalarga bo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan oddiyga», «umumiydan ayrimga» tamoyili bo’yicha davom etadi. Barcha turkum tarhlari ichida sistematik kataloglar tarhlari eng murakkabidir. Hozir butun dunyo kutubxona va arxivlarida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida «Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» sistematik kataloglar uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlarida sistematik kataloglar uchun turkum tarhi ishlab chiqilgan.
«O’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning mohiyati shundaki, bitta umumiy tushunchaga bo’ysungan, bog’langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan. Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bo’lingan. Bu tizimga binoan arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 - umumiy) bo’lingan. Ular o’z navbatida yuzdan, ming-dan bir qism va boshqa mayda bo’laklarga bo’linadi.
«Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)»ning asosiy bo’limlari quyidagilar:
0. Umumiy bo’lim.
1. Falsafa.
2. Din.
3. Ijtimoiy fanlar.
4. Filologiya. Tilshunoslik.
5. Matematika. Tabiiy fanlar.
6. Amaliy bilimlar. Tibbiyet. Texnika.
7. San’at. Fotografiya. Tomoshalar.
8. Adabiyot. Adabiyotshunoslik.
9. O`lkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix.
«Universal o’nlik turkumi (klassifikasiyasi)» kutubxona kitoblari uchun ishlab chiqilgan bo’lsa-da, undan ish yuritish va arxiv materiallarini turkumlash uchun ham foydalansa bo’ladi. Davlat arxivlarida sistematik kataloglar 60-yillardan keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzular bo’yicha kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy shahar, viloyat davlat arxivlarida - sistematik kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli mavzu bo’yicha kataloglar asosiy ma’lumotnomalardan biri hisoblanadi. Bunday kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida yana mayda bo’laklarga bo’linadi. Masalan, Turkiston general-gubernatorligida milliy-ozodlik harakati mavzusi bo’yicha katalogda quyidagi kichik mavzular bo’lishi mumkin: Po’latxon qo’zg’oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg’oloni, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni va hokazo. Bularning har biri yana mayda bo’laklarga bo’linishi mumkin. Xronolog katalog. Bunday katalog turkumi tarhi davrlar, asrlar, yillar kabi bo’laklarga bo’linadi. Masalan, MDAda saqlanayotgan vaqfnomalar uchun xronologik katalog tuzilsa, u asrlar bo’yicha bo’lishi mumkin: XIII asr, XIV asr, XV asr, XVI asr, XVII asr, XVIII asr, XIX asr. Xar bir asr katalogning bo’limi hisoblanadi. Bo’limlar bo’linmalarga ellik, o’ttiz, yigirma, o’n yilliklarga bo’linadi. Masalan, XVIII asr: 1701-1710, 1711-1720, 1721-1730, 1731-1740 yillar va hokazo. Ismlar katalogida bo’limlar familiyalardan iboratdir. Bo’limlar ichida bo’linmalar u yoki bu shaxs faoliyatining u yoki bu qirralarini yoritadi. Masalan, Fayzulla Xo’jayev: Davlat faoliyati; partiyaviy faoliyati; ilmiy faoliyati; kitoblar; broshyuralar; maqolalar; ma’ruzalar; xatlar, u haqidagi maqolalar. Bo’limlarda familiyalar alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Bo’linmalar va bo’linmaning bo’lakchalari alfavitlar bo’yicha emas, sistematik mantiqiy ravishda birin-ketin joylashtiriladi. Turkum tarhi alfavit tartibida joylashgan geografik va topografik nomlardan: viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqalardan iborat. Viloyatlar, shaharlar nomlari bo’limlar hisoblanadi va alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahri quyidagi bo’limlarga bo’linadi: tarixi, aholisining soni va tarkibi, oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, maktablar, sanoat korxonalari va hokazo.
Hozir barcha yirik davlat arxivlarida sistematik, ismlar, geografik kataloglar mavjud. Bu ma’lumotnomalar tadqiqotchiga ishlayotgan mavzu bo’yicha kerakli arxiv hujjatlarini tezda topish va foydalanish imkonini beradi. Arxivlardagi kataloglar tizimida ularning fondlaridagi barcha ma’lumotlar uz aksini topishi kerak. Fondlarni kataloglashtirishda birinchi navbatda muhim va ko’p foydalaniladigan jamg’armalar tanlab olinadi, Masalan, davlat hokimiyati va boshqarish idoralari (UzSSR XKS, Oliy Sovet Prezidiumi) fondlari, iqtisodiyot, madaniyat sohasidagi idora va tashkilotlar hujjatlari muhim fondlar qatoriga kiradi. Davlat arxivlarida kataloglashtiriladigan fondlar ro’yxati va rejasi tuziladi. Kataloglashtirish uchun tanlab olingan fond materiallari o’rganilib, kerakli yig’majildlar tanlab olinadi. Dastlab ro’yxatlardan idora yoki tashkilotning asosiy faoliyatini yorituvchi bo’limlari tanlab olinadi. Tashkilotning yordamchi, xo’jalik sohalari bo’limlari bo’yicha jildlar olinmaydi.
Fond yig’majildlari tanlab olingandan keyin ular sinchiklab o’qib, o’rganib chiqiladi. Hujjatlardagi eng muhim axborotlar, faktlar, voqyealar, xodisalar umumlashtirilib, kartochkada bayon qilinadi. Bunda hujjatlardagi ma’lumotlarning ahamiyatiga qarab har xil usullar qo’llaniladi. Varaqaga bir hujjat, bir yig’majild
yoki bir guruh yig’majildlar bayon qilinishi mumkin. Masalan, Turkiston ASSR XKS qarorlarining har biri alohida bayon kilinadi. Muhim arxiv fondlari hujjatlarining ko’p qismi qimmatli, ahamiyatli hujjatlar hisoblanadi. Bunday hujjatlarning har biri alohida bayon qilinadi. Mayda idoralar jamg’armalarini katalog-lashtirish hujjatlar bo’yicha emas, balki yig’majildlar guruhlashtirilgan bo’limlar bo’yicha bayon qilinadi.


Yüklə 37,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin