Maxsus tarix fanidan



Yüklə 37,13 Kb.
səhifə1/5
tarix09.06.2023
ölçüsü37,13 Kb.
#127432
  1   2   3   4   5
KATALOGLAR VA ULARNING TURLARI , KATALOGLAR TUZISH TARTIBI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
TARIX KAFEDRASI

MAXSUS TARIX FANIDAN



KURS ISHI

MAVZU: KATALOGLAR VA ULARNING TURLARI , KATALOGLAR TUZISH TARTIBI




BAJARDI: Ro'ziboyeva Dilnura
ILMIY RAHBAR: Abdrimov Razzoq

URGANCH- 2023



KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB. Kataloglar haqida umumiy tushuncha.
1.1. Kataloglar va ularning turlari.
1.2. Kataloglar tuzish tartibi
II BOB. Kataloglarning tashkilashtirilishi.
2.1. Kataloglar tuzishga qaratilgan umumiy talabalar.
2.2. Kataloglarning umumiy xusussiyatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Katalog arxiv ma’lumotnomalarining bir turidir. Unda hujjatlar haqidagi (kartochkalarga yozilgan) axborotlar mavzular, tarmoqlar bo’yicha guruhlashtirilgan bo’ladi. Kataloglar alohida bir fondga, arxivning barcha fondiga, bir necha arxivlarga va xatto respublika davlat arxiv fondiga tuzilishi mumkin. Katalog fondlararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim o’rin tutadi. Kataloglar bir arxivning fondlari to’risida, shuningdek bir necha arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to’la ma’lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kataloglar o’ziga xos tuzilishga egadir. Odatda kataloglar tuzish jarayonida hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, tarmoqlar, mavzular, familiyalar yoki sanalar bo’yicha joylashtirilib, ularning har biri katalogning alohida bo’limi yoki bo’lagini tashkil etadi. 1
Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarhlari belgilaydi. Hujjatlar xakidagi axborotlarni turkumlash tarhi yozma yoki grafikali hujjatdir. Tarh ma’lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan olingan axborotlarni shu bo’laklar bo’yicha joylashtirishga muljallangan katalogning turkum bo’laklari ro’yxatidir. Mana shu tarh orkali hujjatlarni o’rganish, kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarni katalogda joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarhi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladi. Tarh bo’laklari ma’lumotnoma tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarhi qancha to’la, mukammal, chuqur ishlangan bo’lsa, hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi.



Yüklə 37,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin