KATALOGLAR VA ULARNING TURLARI , KATALOGLAR TUZISH TARTIBI
II BOB. Kataloglarning tashkilashtirilishi. 2.1. Kataloglar tuzishga qaratilgan umumiy talabalar.
Kitobxonlarni muayyan muallifning familiyasi, kitobining nomi, muharrirning nomi yoki boshqa belgilari, muassasaning nomi, nashr etgan nashriyotning nomiga o‘xshash m a’lumotlari bo‘lgan kitoblar qiziqtiradi. Ba’zi birlarini soha adabiyotlari, boshqalarni texnik jurnallar, DTSlar, patentlar qiziqtiradi. Ayrim kitobxonlar chet el adabiyotlarini so‘rab murojaat etadilar. Hamma so‘rovlarni qamrab olib javob beradigan yagona katalog tuzishning imkoniyati yo‘q. Kutubxona klassifikatsiyasi 125 yildan buyon o‘quv fani sifatida o‘qitilib kelinmoqda. Shunga qaramasdan, sohaning ushbu yo‘nalishini o‘rganish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ishlari yaqin yillardan boshlandi. Bunga zarurat esa ushbu terminning keng o‘rganilmaganligi va ma’lum muammolarning yechilmaganligidir1. Kutubxona klassifikatsiyasi bir qancha ma’nolarga ega. Kutubxona javonlaridagi kitoblar yoki boshqa hujjatlarni joylashtirilayotgandagi bu jarayon - kitoblar klassifikatsiyasidir. Bu jarayon kitoblar bilan emas, balki ularning bibliografik tavsifi, ya’ni kataloglar bilan amalga oshirilsa bu - bibliografik klassifikatsiya deyiladi Bosh katalog — bu kutubxonaning asosiy katalogi hisoblanadi. U kutubxonada mavjud barcha fondlardagi resurslarning bibliografik tasvirini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Kutubxonalarda kataloglarni hujjatlar turlariga qarab ajratadilar. Odatda, faqat kitoblarni, ammo uni maksimal darajada to‘liq aks ettiruvchi katalogga — bosh katalog deyiladi. Ayrim hujjat turlarining kataloglari — kutubxona bosh katalogiga tarkibiy qism bo‘lib kirib, kitoblar katalogini to‘ldiradi. Bosh katalog ham xizmat katalogi, ham kitobxon katalogi bolishi mumkin. Ular tuzilishiga qarab Alfavit katalog, Sistemali katalog, Predmet katalog bo‘lishi mumkin. Asosiy katalog bilan bir qatorda har qaysi bo‘limlarda ham katalog tuzilgan — masalan: abonement katalogi, o‘quv zali katalogi, ko‘chma fond katalogi va boshqalar. Kutubxona ishida yig‘ma katalog deb atalgan kataloglarning ahamiyati katta. Kataloglarning yuqorida ko'rib chiqilgan turlaridan farqli o‘laroq, yig‘ma kataloglar bir necha mustaqil kutubxonalarning fondlarini aks ettiradiki, bu kutubxonalar o‘rtasida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda muayyan o'zaro yordam ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadga muvofiq1. Jumladan, bir shahar yoki tumandagi, bir viloyat yoki respublikadagi kutubxonalarning fondlarini aks ettiruvchi territorial yig‘ma kataloglar; bilimning bir tarmog‘iga yoki bir ixtisosga doir kutubxonalarning fondlari uchun tarm oq yig‘ma kataloglari, bir idora, muassasa yoki tashkilotga tegishli kutubxonalarning fondlari uchun rasmiy yig‘ma kataloglar tuzilishi mumkin. Yig‘ma kataloglar ba’zan bunday belgilarni o‘zlarida birga aks ettirishlari mumkin, masalan, bir shahar kutubxonalarining tibbiyotga doir adabiyoti uchun tuzilgan yig‘ma kataloglar ayni vaqtda ham territorial, ham tarmoq kataloglari bo‘ladi. Bir necha kutubxonalar Turniketli, plakat shaklidagi, panoramali kataloglar haqida yuqoridagi m a’lumotlar kiritilgan edi. Biroq katalogning eng ko‘p tarqalgan formasi kitob va kartochka formasidir. Juda uzoq yillar katalogning kitob formasi asosiy bo‘lib xizmat qilib kelgan. Oldin kitob - kataloglar kitoblarning qo‘lda yozilgan ro‘yxatidan iborat edi. Kitob bosish kashf etilgach, bosmaxona usulida tayyorlangan kataloglar paydo bo'ldi. XIX asrning oxiri XX asr boshlariga kelib, kartochkali formasi kutubxonalarda ishlatila boshladi. Bu katalogning afzalligi shundaki, hujjatning bibliografik tasviri alohida kartochkalarda berildi va ular maxsus yashiklarga qattiq tartib ostida joylashtirildi. Kitob katalogi ixchamligi bilan o‘z yutug‘iga ega edi. 10 000 tomlik hujjat fondi tasvir formati o‘rtacha bo‘lgan 500—600 betli kitobga sig‘adi. Shuncha kitobni kartochkali katalogda aks ettirish uchun taxm inan lm 2 joyni egallovchi 14—16 katalog yashikchasi yoki shkaf-javon kerak bo'ladi1. Hujjatlarni tasvirini belgilangan nam una (7,5x12,5 sm)dagi katalog kartochkalarida amalga oshirildi. Bu format deyarli barcha kutubxonalarda hozirgacha qo‘llanilib xalqaro format nomini oldi. H ar bir kartochka enining o‘rtasida pastki chetidan 0,75 sm oraliqda teshikcha bo‘lib, undan yashikdagi kartochkalarni metall sterjen yordamida mahkamlab qo‘yish uchun foydalaniladi. H ar bir yashikchaga odatda 800 tadan 1000 tagacha kartochka joylashtiriladi. Axborot-kutubxona muassasalaridagi mavjud resurslar targ'ibotida, kutubxona fondlari boyligini ochish, tobora o‘sib borayotgan axborot oqimidan foydalanishda kataloglardan tashqari boshqa bibliografiya vositalari, adabiyotlar ro‘yxati, bibliografik obzor, bibliografik ko‘rsatkichlar, kartoteka va internet ma’lumotlari majmuyi ham amalga oshirildi. Bulardan tashqari, bibliografik qo‘llanm alarning barcha turlaridan kutubxona kataloglariga eng o‘xshashi bibliografik kartotekalar hisoblanib, ular 1 Introduction to Library and Information Science.-3.1 Collection development.—p. 31 11 kutubxona ma’lumot - bibliografik apparatining mustaqil qism ini tashkil etadi. Kartotekaning katalogdan asosiy farqi shuki, katalog kutubxona fondida aniq mavjud nashrlarni aks ettiradi. Kartotekaning mazmuni ko‘pincha kengroq bo‘ladi, unga kitob, maqola va boshqa materiallarning kutubxonada aniq bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar tasviri kiritiladi. 1.2. Alfavit katalogni tashkil qilish xususiyatlari Alfavit katalog - mualliflar familiyalari, muallif sifatida qabul qilingan muassasa va tashkilotlar, asarlarning sarlavhalarining alfavit tartibida joylashtirilgan katalogidir. U har bir kutubxona kataloglari sistemasida majburiy, tarkibiy qism hisoblangan3. Hozirgi zamon Axborot-kutubxona muassasalarida u elektron katalog bilan bog‘liqdir. Alfavit katalogi kutubxonada axborot, qidiruv spravka (ma’lumot) beruvchi vazifalarni bajaradi. Chunki, ma’lum muallifning barcha asarlarini ularning mazmunidan, shu shaxs mustaqil m uallif yoki muallifdosh, m uharrir yoki tarjimon, tuzuvchi yoki sharhchi va shu kabilar sifatida ishtirok etishidan qat’i nazar bir joyga to‘plash imkonini beruvchi, ya’ni katalogda mualliflar kompleksini hosil qiluvchidir. Alfavit katalogi kutubxona fondini mualliflik belgisi bo‘yicha ochib beradigan va kitobxonga muallifning familiyasi, jam oaning nomi, nashrning sarlavhasi bo'yicha m a’lum boigan kitobni izlashni ta’minlaydi, uning axborot va qidiruv vazifalarini bajaradi. Alfavit katalogini Mualliflar kompleksi, deb aytilishi bejiz emas, chunki boshqa hech bir an’anaviy katalogda kutubxona fondining mazmuni bu katalogchalik ochib berilmagan. Asarlari fondda mavjud bo‘lgan mualliflarning hammasi alfavit katalogida aks ettirilavermaydi, shuning uchun «mualliflar kompleksi» terminini shartli deb tushunmoq kerak. To‘rt va undan ortiq mualliflar to1 Ganiyeva B. Hujjatlarga analitik-sintetik ishlov berish: Sistemali katalog..—Т., 2010.16-b. 12 monidan yozilgan kitoblarni tasvirlashda qo‘shimcha tasvir sifatida, odatda, birinchi muallif familiyasiga qo‘shimcha tasvir beradi. To‘plam, asarlar, ilmiy ishlarga kiritilgan maqolalardagi barcha mualliflarning ismi-shariflari aniq ko‘rsatilmaydi. Alfavit katalogining ma’lumot beradigan vazifalari bosh (asosiy) alfavit katalogi yordamida amalga oshiriladi. Kutubxonalarni komplektlash, qancha kitob borligini va necha nusxada ekanligini tekshirish zarur bo‘lganda, yangi kitoblarga ishlov berish, bibliografik qo‘llanmalarni tuzishga aloqador har qanday ma’lumotlar ana shu bosh (asosiy) katalogdan olinadi. Alfavit katalogi resurslarni targ‘ibot qilish vositasi bo‘lib, u xizmat qilish va kitobxonlarga o‘zlarini qiziqtirgan asarlarini topishlarida yordam berish va shu orqali ayrim darajada yangi qiziqishlarini uyg‘otishi mumkin. Kutubxona fondini mualliflar tarkibi bo‘yicha ochib berish qimmatli ahamiyatga ega. Alfavit katalogining asosiy xususiyati - u bilan ishlashning oddiyligidir. Qidirilayotgan resurs haqidagi asosiy bibliografik m a’lum otlarni bilish, alfavit katalogidan uni topish uchun yetarlidir. Kitobxon resurs haqida zarur ma’lumotlarni bilmasa ham yordamchi tasvir va yordamchi kartochkalar vositasida uni topa olishi mumkin. Yo‘naltiruvchi va ma’lumot beruvchi kartochkalar yordamchi kartochkalarga ham taalluqlidir. Yordamchi kartochkalar, yordamchi tasvirlardan jiddiy farq qiladi, chunki ularda bibliografik tasvir bo‘lmaydi* va biror muayyan nashrga bog‘liq emas. Yo‘naltiruvchi (ссылочные) kartochkalar ikki turga bo‘linadi.
1. Umumiy kartochkalar.
2. Xususiy kartochkalar.
Umumiy yo‘naltiruvchi «qarang» (cm .) so‘zi — kitobxonni rad etilgan m uallif familiyasi yoki muassasa nomidan tasvir sarlavhasida qabul qilingan formaga yo'llaydi. Xususiy havolalar «shuningdek, qaralsin» (см. также) so‘zlari yordamida o‘zaro bir tasvir sarlavhasidan boshqasiga mazkur katalogda qabul qilinganiga yo‘llaydi. Yo‘naltirishning bu turi asosiy nomi o‘zgargan muassasa yoki tashkilotlarning rasmiy nashrlarini tasvirlashda qo‘llaniladi. Yirik kutubxonalarda xususiy havolalar turli alfavit qatoridagi bir xil sarlavha (kitob nomlari)ni bog‘lashda ham qo‘llanishi mumkin. M a’lumot kartochkalari ham havolalar singari tasvirga ega bo'lmaydi. Ular katalogda muayyan yakka yoki mualliflar jamoasining asarlarini qidirib topishga mo‘ljallangandir. Tipovoy sarlavha (nom)lar uchun bir m arta tuzilgan m a’lumot kartochkalari bir qator qo‘shimcha tasvirlarning o‘rniga qo‘llaniladi, bu katalogni ortiqcha kartochkalar bosib ketishidan saqlaydi, shu bilan birga kutubxonachining vaqti ham tejaladi. Bosh (asosiy) alfavit katalogida kutubxona fondi haqidagi barcha m a’lumotlar to‘planishi va uning kataloglarida ochib berilgan bo‘lishi kerak. Bunga kutubxona belgilari, ya’ni xizmat yozuvlari yordamida erishiladi. U lardan biri kartochkaning oldi tomoniga, ikkinchisi orqa tomoniga yoziladi. Kutubxona belgilariga:
• inventar nomeri;
• yordamchi tasvirlar haqida ma’lumot;
• to liq indeks;
• predmet rubrikalari taalluqlidir.
Shifr — matbuot asarini tokchadagi o‘rnini shartli belgisidir. Alfavit katalogidan asosiy va barcha yordamchi tasvirlarning kartochkalarida, shuningdek, boshqa katalog va kartotekalarda old tomonining yuqori chap burchagida ko‘rsatiladi.
Inventar raqamning kartochkalarda ko'rsatilishi mazkur kitobdan qancha nusxasi borligini tezda aniqlash imkonini beradi. Ular (bosh) asosiy alfavit katalogi kartochkasining orqa tomonida ko'rsatilgan. Kitoblarning inventar-formati bo‘yicha joylashtiriladigan hamda inventar raqami ayni bir vaqtda kitobning shifri xizmatini o‘taydigan kutubxonalar bundan mustasnodir. Yordamchi tasvirlar haqidagi m a’lumotlar — yordamchi tasvirlardan qaysi biri alfavit katalogiga asarning asosiy tasvirlariga qo‘shimcha sifatida kiritilganligini aniqlash imkonini beradi. Bunday ma’lumotnomalar kutubxona fondidan chiqarilgan kitoblar kartochkalarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Yordamchi tasvirlar haqidagi ma’lumotlar, odatda, faqat bosh alfavit katalogi kartochkalari asosida tayyorlanadi. To‘liq indeks — kitob sistemali katalogining qaysi bo‘limida turganligini aks ettiradi, alfavit va sistemali katalogning asosiy kartochkalariga qo‘yiladi. Predmet rubrikalari kitobning predmet katalogida qanday aks etttirilganligini ko‘rsatadi. Yana u alfavit katalogini predmet katalogi bilan bog‘lab oxirgisidan ro‘yxatdan chiqarilgan kitoblar tasvirlarini olishni tezlashtiradi Ma’lumot tipidagi ajratkichlar ayni bir joylashtirish so£ziga ega bo£lgan kartochkalarni joylashtirish tartibini ko£rsatish uchun qollaniladi. Masalan: ajratkich bir muallif asarlari, tasvirlari oldindan, ayni bir asarning turli nashrlar oldidan, mualliflar jamoasi tomonidan qilingan tasvirlar oldidan qo£yiladi. M a’lumot tipidagi ajratkichlarni izlash muayyan qiyinchiliklar bilan bog£liq bo£lgan tasvirlar oldidan qo'yish zarur. Bunga sarlavhasi standart so'zlar bilan boshlanadigan nashrlar: «instruksiya», «esdalik», «programma» va boshqalar kiradi. Ma’lumot turidagi ajratkichlar uchun o£rtasi turtib chiqqan ajratkichlar qo£llaniladi. Agar matn ajratkichga sig£masa uning davomi undan keyingi katalog kartochkasiga yoziladi. Bibliografik ajratkichlar - m uallif ajratkichlarining bir turidir. Ularda mualliflar va ularning asarlari haqidagi ma’lumotlar, familiyasi, ismi va otasining ismi, yashagan yillari, m uallif o£z asarlariga bergan taxallusi, mutaxassisligi, ilmiy darajasi, faxrli unvoni, juda qisqa qilib keltiriladi. Katalogda ajratkichlar miqdori qancha bo£lishi kerakligini faqat kitobxonlarning katalogidan foydalanishlarini kuzatish asosida aniqlash mumkin. Kutubxonalar amaliyotida ularni 3 -5 sm dan, ya’ni 60—75 kartochkadan keyin qo£yish qabul qilingan. Shunday qilib 1000 ta kartochka sig£adigan standart katalog yashigiga 15 tadan 20 tagacha ajratkich to£g‘ri keladi. Kartochka va ajratkichlar qo‘yilgan katalog yashiklari va shkaflarga ularning mazmuniga mos keluvchi yozuvlar tayyorlanadi. Yozuvlar yashikning old tomoniga joylashtiriladi. Kutubxonada tarkib topgan amaliyot va katalogning o£lchamlariga ko£ra, yozuvlar har bir yashikdagi birinchi va oxirgi kartochkalar, sarlavhasini yoki faqat tasvirlar sarlavhasi boshlanadigan harf va bo£g£inlarni ko£rsatib turishi mumkin. Hujjatlarni tasvirlash - keng ma’noda ishlatilib, ma’lum tartibda joylashgan nashrlar haqida ma’lumotlar beradi. Hujjatlarni tasvirlashda — hujjatning turini, ularning aham iyatini, nashrning yoki asarning xarakteristikasini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni juda yaxshi bilish talab qilinadi. Hujjatlarni bibliografik tasvirlash — kitobxonga hujjatning mazmunini va iste’molchi uchun zarur ahamiyatini to‘liq ochib berishdir. Kutubxonaga kelgan kitobxon hujjat to‘g‘risidagi dastlabki m a’lumotni ko‘pincha bibliografik ko‘rsatkichlardan bilib oladi. Shuning uchun bibliografik tasvir bilan katalog tasviri o‘rtasida farq bo‘lishi kerak emas, balki ular o‘zaro bog‘langan holda bolishi kerak. Kutubxona kataloglar ini tuzishda hujjatlarni bibliografik tasviri asos bo‘ladi. Barcha mamlakatlar o‘rtasida bibliografik ma’lumotlarni almashlash uchun (IFLA) Xalqaro Hujjatlar Assotsiatsiyasi va muassasa federatsiyasi doirasida universal hisobga olish xizmati tashkil qilingan. Shu asosda kutubxona kataloglari va bibliografik tasvir uchun tuziladigan tasvirlar bir holatga keltirilgandir. Axborotlashtirish, kutubxonashunoslik va nashriyotchilik ishi standartlari tizimiga kiruvchi 0 ‘zbekiston Davlat Standard — 2009-yil 14-aprelda 1215 raqami ostida tasdiqlandi.4 Xalqaro talablarga asoslangan «Библиографическая запись. Библиографическое описание — GOST 7,1—2003 (GOST 7,1—2003 — «Bibliografik yozuv, Bibliografik tasvir)ga asoslanib tasdiqlangan— Axborotlashtirish, kutubxonashunoslik va nashriyotchilik ishi standartlari tizimiga kiruvchi 0 ‘zbekiston Davlat Standartining buyurtmasiga ko‘ra kutubxonachilik va nashriyot ishi sohasida me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi (X.Mamatraimova, D.Kudratova) tomonidan ishlab chiqildi. M uallifli tasvir bir shaxsning, bir muallifning familiyasi bo‘yicha tasvirlanadi. M uallifli tasvir sarlavhali tasvirdan ajratilib, tasvir boshida alohida chiziqqa m uallif chizig‘iga chiqariladi va butun tasvirga boshchilik qiladi. Tasvirlashda hujjatlar qaysi tilda berilgan bo‘lsa, o‘sha tilda tasvir matni tuziladi. Tasvirda epigrammalar, shiorlar, sitatalar, unvonlar, lavozimlar berilmaydi. Tasvir boshi har doim birinchi tik chiziqdan, ya’ni birinchi vertikal chiziqdan boshlab yoziladi, davomi ikkinchi vertikal chiziqdan 0,5 sm joy tashlab davom ettiriladi. Tasvir boshi — yakka yoki jamoa muallifning nomi yoziladi. Tasvir boshida m uallif nom ini yoki boshqa ma’lumotlarni identifikatsiyalash (aniqlash) maqsadida yil, nomer, geografik nomlar berilishi mumkin. Identifikatsiya belgilari dumaloq qavs ichida beriladi. Nom er va yillar arab raqamida ko‘rsatiladi. So'zlar um umiy qoida asosida qisqartiriladi. (OczDSt 1215-2009) tasvir boshida muallifning familiyasi, keyin uning initsiallari (ismi, otasining ismi) qisqartirilgan holda beriladi. Sarlavha sohasi va javobgarlik haqidagi ma’lumotlar sohasi hujjat to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. U sarlavha va sarlavhaga bog'liq ma’lumotlardan, hujjatni yaratish va nashr etishda ishtirok etgan shaxs, korxona, tashkilot haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Bu sohaga asosiy sarlavhadan tashqari parallel sarlavha, sarlavhaga taalluqli boshqa ma’lumotlar, to‘ldiradigan m a’lumotlar, mazm unini yoritib beradigan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ba’zi holatlarda asarning janrini belgilovchi ma’lumotlar, ya’ni roman, povest, qissa, hikoya, g‘azal, she’r, darslik, xrestomatiya, lug‘at va boshqalar beriladi. Asosiy sarlavhada nashrning asosiy mazmunini aks ettiruvchi sarlavhasi titul varraqning boshida joylashtiriladi. Sarlavhalar qisqartirilmaydi. Sarlavhaga oid ma’lumotlar asosiy sarlavhani ochib beradi. Tushuntiradi yoki nashrning xarakterini, maqsadini ko‘rsatadi.
XULOSA Klassifikatsiya — sotsial hayotimizda va fanda keng tarqalgan tushunchadir. Klassifikatsiya lotincha «classis» — sinf, guruh, tur va «facere» — qilmoq so‘zlariga to‘g‘ri keladi. Klassifikatsiya atrof-muhitni, dunyoni, modda va hodisalarni o‘rganish jarayonidir. H ar bir hodisa va moddalar bir qancha belgilarga ega bo‘ladi, bu belgilarga asoslangan holda hodisa va moddalar sinflarga, guruhlarga bo‘linadi, ya’ni klassifikatsiya qilinadi. Masalan, D.I. Mendeleyevning elementlarni ortib boruvchi atom og‘irligiga ko£ra joylashtirilgan davriy sistemasi. Har bir elementlar va jismlarning birikmalaridagi barcha xossalari davriy sur’atda takrorlanib turadi, atom og‘irligiga qonuniy ravishda bog'liq bo‘ladi deb, isbotlandi. D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasiga (klassifikatsiyasi) moddalarning atom og‘irligi asos qilib olingan. Bu asos kimyo fani tarixida yangi davrning vujudga kelishiga imkon berdi, moddalarning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotning taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi. Ayrim hollarda sun’iy klassifikatsiyalar ham qo‘llaniladi. M asalan, o‘simliklarning barglarini va gullarining rangi, shakliga qarab klassifikatsiyalashdan dekorativ o‘simlikshunoslikda amaliy jihatdan foydalaniladi. Demak, amaliyotda klassifikatsiyalash asosiy va sun’iyga ajratiladi. Kutubxona bibliografiya ishida bu jarayon qanday kechadi. Kutubxonashunoslik ishining an’anaviy ish faoliyati hujjatlarni klassifikatsiyalashda asos — hujjatlarning mazmuni qilib olinadi. Bu usul hujjatlar klassifikatsiyasiga tabiiy klassifikatsiya deb qarash im konini beradi. Hujjatlarni formatiga, tiliga, chiqarilgan joyiga, betlar soniga qarab tanlab olish sun’iy klassifikatsiyaga misoldir.