107
2023 MAY
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti
Gumanitar
fanlar fakulteti
O'zga tilli guruhlarda rus tili RTU 21/2 guruh 2-bosqich talabalari
Abdunazarova Mavluda
Eshonqulova Zebo
Fan: Hozirgi o'zbek adabiy tili
Fan o'qituvchisi: Komilova
Gulmira Temirovna
MAVZU:OT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH USULLARI
ANNOTATSIYA
Maqolada ona tilining izchil kursida beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar, ona tili
darslarining maqsadi, shu jumladan, ot so‘z turkumining umumta’lim maktablarida o‘qitish
usullari haqida fikr yuritilgan bo‘lib, ot so‘z turkumining o‘qitish jarayoni ketma-ketlikda
amaliy topshiriq va misollar orqali yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: so‘z turkumlari, ot so‘z turkumi, morfologiya, topshiriq,
ona tili,
o‘quvchi, maktab.
METHODS OF LEARNING NOUNS ABSTRACT
The
article examines the knowledge, skills, and abilities provided by a sequential
course of the native language, the purpose of the native language lessons, including
the methodology of teaching the noun in general education schools, the process of learning
the noun is illustrated with practical tasks and examples.
Keywords:
phrases, nouns, morphology, homework, native language, student,
school.
KIRISH
108
2023 MAY
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy
o‘zligimiz va
mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir.
Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqyeini yanada oshirish,
«Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun
talablaridan kelib chiqib
takomillashtirish zarur.
Ona tili darslarining maqsadi o‘quvchilarning savodxonligini oshirish,
nutqiy
malakasini o‘stirish, ijodiy fikrlashga yo‘naltirish bilan bir qatorda ona tilimizni sofligini
saqlashdir.