Ishlash,
ko‘rish,
o‘lchash mumkin
bo‘lgan
predmetlarning
nomi
Qo‘shimchasi
Ishlash,
ko‘rish,
o‘lchash mumkin
bo‘lmagan
predmetlarning
nomi
Qo‘shimchasi
avtobus
ishchi zavod
mahsulot
-
-
- chi
- -
- -
xushmuomallik
isrofgarchilik
oqim
tuyg‘u
-
lik
-
lik
- -
- -
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash muhim o‘rin
egallaydi. Matndan
otli birikmalarni ajratish, berilgan so‘zlar ishtirokida shunday
birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar lug‘atini shunday birikmalar
bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh yoki tobe so‘zga muvofiq
keladigan tobe yoki bosh so‘zlar tanlash ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan,
maktabimiz o‘quvchilari so‘z dovrug‘i, g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari kabi so‘zlarni
topib qo‘shib,
maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so‘z birikmalari hosil
qiladilar.
113
2023 MAY
O‘quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradigan muammolardan biri qo‘shma
otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan so‘z birikmalaridan joy
nomlari hosil qilish (qora ko‘l-qorako‘l,
yangi er-yangier, etti o‘g‘il-ettio‘g‘il, ko‘hna
machit-Ko‘hnamachit, katta qo‘rg‘on-Kattaqo‘rg‘on v.h.) qo‘shma so‘zlarni so‘z
birikmalariga aylantirish (paxtagul-paxta guli, boshog‘riq-bosh og‘rig‘i, badantarbiya-
badan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog‘i, gulbozor-gul bozori, otbozor-ot bozori v.h.)
berilgan qo‘shma so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy
topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o‘zlashtirishini ta`minlaydi.
Ot so‘z turkumi haqida o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash, ularni uslubiyat bilan
bog‘lab rivojlantirish uchun turli mavzulardagi matnlardan ma’rifiy foydalansa bo‘ladi.
Matnni tahlil qilishda ta’limning oldingi bosqinchlarida o‘rganilgan ot so‘z turkumi
haqidagi ma’lumotlariga tayaniladi. Bunda quyidagi amaliy topshiriqlar bajariladi.
1 – topshiriq. Matnda uchragan otlarning lug‘aviy ma’nosini sharhlang.
qanday
so‘roqqa javob bo‘lishini ayting.
2 – toshiriq. Ajratilgan so‘zlarga, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlang.
3 – topshiriq. Kim? nima? qaer? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi so‘z
turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli so‘z
birikmalarini tuzing.
4. Hosil qilingan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.
5. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating.
Ona tili mashg‘ulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari, mashqlar
va matn taqlillar vositasida olib borish tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi,
ta’lim mazm
Dostları ilə paylaş: