ASOSIY QISM
Ma’lumki, ta’lim tizimidagi barcha fanlar, xususan, ozbek tili darslarida ham
ta’limning didaktik materiallardan, o‘yin-mashq usullaridan, ko‘rgazmali vositalardan
foydalanish yaxshi natija beradi. Bu haqda qator mutaxassislar, jumladan,
R.Ishmuhamedov, A.Nisanbaeva, B.To‘xliev, K.Usmonova kabi tilshunoslar
o‘zlarining tadqiqot ishlarida, monografiyalar va maqolalarida fikr yuritganlar. Ona tili
darslarida so‘z turkumlari mavzularini, xususan ot so‘z turkumini o‘qitishda grammatik
topshiriqlar, ko‘rsatmali vositalar, tarqatma materiallardan foydalanish orqali
o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar hosil qilish, didaktik vositalarning ta’lim
jarayonidagi o‘rni, unga xos xususiyatlarni tahlil qilish samarali natijalar
beradi.O‘quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar bilan boshlang‘ich sinflarda
tanishadilar. So‘zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe’llar, olmoshlar, yordamchi so‘zlar kabi
guruhlarga ajratish boshlang‘ich sinfdan ularga ma’lum. Ona tilining izchil kursidan
beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar avvalo boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlar,
malaka va ko‘nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning
ilmiy zaruriyati shundaki keyingi bosqichda o‘rganiladigan “Sintaksis” bo‘limi bevosita
morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs-son qo‘shimchalari
garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so‘z va so‘z
birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. Qo‘shimcha gap
109
2023 MAY
sintaksisini o‘rganishning bevosita yordamchi so‘zlar bajaradigan vazifalar bilan
aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, maktab morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda
tutadi:
- o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakllarini hosil qilishga o‘rgatish;
so‘z zaxirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;
- so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish;
- ilmiy savodxonlikni takomillashtirish;
- gap guruh va matn yaratish malakalari ustida ishlash;
- DTSda ko‘zda tutilgan talablar asosida har bir mavzuni o‘rganish jarayonida uni
izchillik bilan amalga oshirish.
O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida ma’lumot beradi. Mavzu bo‘yicha
o‘rganilgan bilimlarni tkarorlash uchun lug‘at diktanti yozdirishi mumkin.
Lug‘at diktanti
Uy, to‘y, tosh, chaqmoq, momaqaldiroq, daraxt, majlis, odob, azob, do‘stlik, kitob,
ishchi, go‘zal, kichik, shirin, bilimli, oq, o‘qi, yoz, chok, kel, o‘yla, ishladi, uxladi,
suhbatlashdi, so‘zladi.
Diktant yozib bo‘lingach, o‘quvchilar har bir so‘zning lug‘aviy ma’nosini
sharhlashlari va uning qaysi so‘z turkumlariga qarashli ekanligini aytishlari lozim bo‘ladi.
1 – topshiriq.
1. Uy – odamlar yashaydigan, deraza, eshik, tomi bor bino: uy – nima? So‘rog‘iga
javob bo‘ladi, ot – so‘z turkumiga kiradi.
2. To‘y – tantana, beshik to‘yi, nikoh to‘yi, xatna to‘yi, oltin to‘y kabi tantanali
marosim; to‘y – nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot so‘z turkumiga kiradi.
3. Ishchi - biror foydali mehnat bilan shuІullanuvchi shaxs; kim? so‘roiga javob
bo‘ladi, ot.
110
2023 MAY
4. Go‘zal – ma’nodoshlari: chiroyli, ko‘rkam, jozibali; qanday? so‘roІiga javob
bo‘ladi, sifat.
5. O‘qidi, ishladi – tugallangan harakat ma’nosini bildiradi: qiziqib o‘qidi,
tinmasdan ishladi, fe’l.
2 – topshiriq. Mazkur so‘zlar bilan so‘z birikmalari hosil qiling, gaplar tuzing. Kim?
nima? qanday? nima qildi? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga
chizing. Ularning qanday so‘z turkumiga qarashli ekanligini aytib bering.
3. Ot, sifat, fe’l turkumlariga oid so‘zlarni ajratib guruhlang.
Shu tariqa lug‘at diktanti tarkibidagi so‘zlar og‘zaki sharhlansa, o‘quvchilarda:
- tafakkur doirasi kengayadi;
- fikr ifodalash ko‘nikmasi rivojlanadi;
- nutqda so‘z qo‘llash malakasi shakllanadi;
- so‘z turkumlari yuzasidan egallangan bilimlar umumlashtiriladi.
Mustaqil so’ z turkumlaridan biri ot so‘z turkumi hisoblanadi. Otning predmet
nomini bildirishi kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan
yozilishi, otlarga qo‘shiladigan kelishik qo‘shimchalari boshlang‘ich sinflardan
o‘quvchilarga ma’lum. Mazkur so‘z turukumini o‘rganishda avvalo ana shu
o‘rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida qayta xotirlash va qisman ijodiylikka
asoslangan ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi. Takrorlash jarayonida “predmet” tushunchasiga
kengroq to‘xtalish lozim. Predmet deganda nafaqat qo‘l bilan ishlash, ko‘z bilan ko‘rish
yoki o‘lchash mumkin bo‘lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar ( ovqat,
imorat), tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (toshqin, zilzila, momaqaldiroq),
harakat nomlari (bilim, terim), belgi-holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodlilik, tashvish)
ham tushiniladi.
Otning lug‘aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintiktik vazifalariga oid zaruriy
bilim, malaka va ko‘nikmalar, asosan, amaliy ishlar orqali o‘quvchilar ongiga singdiriladi.
Dastur talabiga ko‘ra mazkur so‘z turkumi yuzasidan o‘quvchilarni otning lug‘aviy
shakllari (son shakli, kichraytirish shakllari) atoqli va turdosh otlar, atoqli otlar, ularning
111
2023 MAY
turlari va imlosi, kishi nomlari, o‘rin-joy nomlari (toponimlar) va ularning imlosi, mahsulot
nomlari va imlosi; turdosh otlar va ularning guruhlari (aniq va mavhum otlar, aniq otlarning
ma’noviy guruhlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-koriga ko‘ra shaxs otlari,
shaxsni boshqa jihatlariga ko‘ra atovchi otlar, shaxs otli
birikmalar, hayvonot nomlari (zoonimlar), daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-buyum
otalari, modda-ma’dan, xomashyo anglatuvchi otlar, o‘rin-joy (makon) otlari, payt (zamon)
anglatuvchi otlar, mavhum otlar yuzasidan zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan
qurollantirish ko‘zda tutilgan.
“Ot” so‘z turkumini o‘rganish bu turkum haqida umumiy ma`lumot berish bilan
boshlanadi. O‘quvchilar Toshkent, Buxoro, “G‘uncha”, “O‘zbekiston ovozi”,
Ro‘zimurodova, gul, qo‘shiq, non, tuz, go‘zallik, sog‘lik, san`at, nafosat singari otlarning
har biriga so‘roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir guruhdagi otlar uchun
umumiy bo‘lgan ma’noni aniqlash va sharhlash orqali boshlang‘ich sinflarda egallangan
bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu mustaqil
ishlarni bajarish natijasida ular quyidagi xulosaga keladilar:
Kim? Nima? so‘roqlariga javob bo‘lib, yakka shaxs, narsa nomlarini, bir turdagi jonli
va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlarni atab keladigan so‘zlar ot
turkumiga kiradi.
Shundan so‘ng “Otlarning lug‘aviy shakllari” mavzusi o‘rganiladi. O‘quvchilar
otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar, daraxt-daraxtlar, uy-uylar singari so‘zlarning
shakli ustida ishlaydilar, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu
so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib, ko‘plikni ifodalovchi qo‘shimchalar ma’nosini
sharhlaydilar.
Atoqli otlar o‘rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so‘zlar ustida ish
olib boriladi. Chunonchi berilgan so‘zlarni: 1) kishilarning ismi, familyasi, taxallusini
ifodalovchi otlar; 2) jug‘rofiy nomlar; 3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari; 4)
planeta va yulduzlarning nomi; 5) tarixiy hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy
muassasalarning nomlari; 6) hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar kabi guruhlarga
112
2023 MAY
ajratish, hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish “belgi nomi- turdosh ot” qolipli
qo‘shma toponimlar, “belgi nomi atoqli ot” qolipli jug‘roviy nomlar ro‘yxatini tuzish
singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so‘z zaxirasini
kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchilarning so‘z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun matndan shaxs
otlarini ajratish, tub va yasamalariga ko‘ra guruhlash, ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh va
uyadosh so‘zlar tanlab guruhlarni kengaytirish, -chi, -vchi, -uvchi, -dosh, -kor, -zor, -
shunos kabi qo‘shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari lug‘atini
tuzish ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. O‘quvchilar
egallagan bilimlarga asoslanib,istagan matndan otlarga so‘roq berish orqali ularni
aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning aniqligi, ya`ni ishlash, ko‘rish o‘lchash
mumkinligi va mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil
bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |