Ishlash,
ko‘rish,
o‘lchash mumkin
bo‘lgan
predmetlarning
nomi
Qo‘shimchasi
Ishlash,
ko‘rish,
o‘lchash mumkin
bo‘lmagan
predmetlarning
nomi
Qo‘shimchasi
avtobus
ishchi zavod
mahsulot
-
-
- chi
- -
- -
xushmuomallik
isrofgarchilik
oqim
tuyg‘u
-
lik
-
lik
- -
- -
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash muhim o‘rin
egallaydi. Matndan
otli birikmalarni ajratish, berilgan so‘zlar ishtirokida shunday
birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar lug‘atini shunday birikmalar
bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh yoki tobe so‘zga muvofiq
keladigan tobe yoki bosh so‘zlar tanlash ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan,
maktabimiz o‘quvchilari so‘z dovrug‘i, g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari kabi so‘zlarni
topib qo‘shib,
maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so‘z birikmalari hosil
qiladilar.
113
2023 MAY
O‘quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradigan muammolardan biri qo‘shma
otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan so‘z birikmalaridan joy
nomlari hosil qilish (qora ko‘l-qorako‘l,
yangi er-yangier, etti o‘g‘il-ettio‘g‘il, ko‘hna
machit-Ko‘hnamachit, katta qo‘rg‘on-Kattaqo‘rg‘on v.h.) qo‘shma so‘zlarni so‘z
birikmalariga aylantirish (paxtagul-paxta guli, boshog‘riq-bosh og‘rig‘i, badantarbiya-
badan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog‘i, gulbozor-gul bozori, otbozor-ot bozori v.h.)
berilgan qo‘shma so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy
topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o‘zlashtirishini ta`minlaydi.
Ot so‘z turkumi haqida o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash, ularni uslubiyat bilan
bog‘lab rivojlantirish uchun turli mavzulardagi matnlardan ma’rifiy foydalansa bo‘ladi.
Matnni tahlil qilishda ta’limning oldingi bosqinchlarida o‘rganilgan ot so‘z turkumi
haqidagi ma’lumotlariga tayaniladi. Bunda quyidagi amaliy topshiriqlar bajariladi.
1 – topshiriq. Matnda uchragan otlarning lug‘aviy ma’nosini sharhlang.
qanday
so‘roqqa javob bo‘lishini ayting.
2 – toshiriq. Ajratilgan so‘zlarga, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlang.
3 – topshiriq. Kim? nima? qaer? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi so‘z
turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli so‘z
birikmalarini tuzing.
4. Hosil qilingan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.
5. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating.
Ona tili mashg‘ulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari, mashqlar
va matn taqlillar vositasida olib borish tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi,
ta’lim mazmunini takommillashtiradi, o‘quv biluv faoliyatini jadallashtiradi.
Nazariyani
amaliyot zaminida o‘rganish mustaqil fikrlash hamda ijodiy qobiliyatni o‘stirishga yordam
beradi.
O‘quvchilar so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi, va shakl yasovchi qo‘shimchalar
xususida zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashgach, so‘z
tarkibi bilan
114
2023 MAY
tanishadilar hamda so‘zning asosi xususida umumlashma hosil qiladilar. Bu so‘z
turkumlarini puxta o‘rganish uchun poydevordir.
Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchida og‘zaki va yozma nutqni mukammal egallash, til
imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish madaniyatini tarbiyalaydi. Nutq madaniyati
oddiy salom-alikdan tortib, kimga, nimaga, qachon, qaerda, qanday so‘zlashgacha bo‘lgan
sharqona odob sirlarini o‘rgatadi.
Morfologiyani o‘rganish o‘quvchi mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini kengaytiradi,
so‘zning turli shakllarini gap tarkibida hamda bog‘lanishli nutqda o‘rinli ishlatish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
XULOSA
O‘zbek tilida so‘z turkumlarini o‘rganish boshlang‘ich sinflarda o‘rganilgan
bilimlarga asoslangan holda olib borilishi, o‘tilganlarni
takrorlash, mustahkamlash va
umumlashtirish uchun quyidagi savollardan foydalanish mumkin.
1. O‘zbek tilida so‘z turkumlari qanday guruhlarga ajratiladi?
2. Mustaqil so‘z turkumlari qaysilar?
3. Ot so‘z turkumini tasnif qiling.
4. Mustaqil so‘z turkumlariga ta’rif bering.
5. Yordamchi so‘z turkumlari mustaqil so‘z turkumlaridan qanday farqlanadi?
6. So‘zlarning turkumlarga ajratishda qaysi xususiyatlar e’tiborga olinadi?
O‘quvchi matndagi so‘zlarning turkumlariga to‘g‘ri ajrata olsa, gap bo‘laklarini
aniqlashda ham qiynalmaydi. Demak, bu tahlil o‘z-o‘zidan sintaktik tahlil bilan bog‘lanadi.
So‘z turkumlarining mohiyatiga to‘la tushunmasdan turib, sintaktik tahlil vaqitida gapning
bosh bo‘laklari bilan grammatik munosabatga kirishmaydigan so‘zlar (“bo‘laklar)ni
aniqlash mumkin emas.
So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil, so‘z tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladigan
tahlil kabi,
morfologik tahlilning bir ko‘rinishi bo‘lib, u maktab dasturidagi “So‘z turkumlari”
mavzusining masalalarini qamrab oladi.