Sharli va sterjenli, silindrli tegirmonlar rudalarni yanchish uchun boyitish fabrikalarida keng qo‘llaniladi. Mayda sochma rudalarni gravitatsion yoki elektromagnit boyitish jarayonlarida yanchishdan oldin mayda maydalash jarayonlarida maydalagich sifatida sterjenli tegirmonlardan foydalanish mumkin. Galkali tegirmonlardan temir aralashmalarini mutlaqo qo‘shish mumkin bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. O‘zi yanchar tegirmonlar XX asrning 80-yillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, amalda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda nafaqat rudalarni boyitishga tayyorlashni arzonlashtirib qolmasdan balki, rudalarni qayta ishlash texnologiyasi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga katta foyda berib kelmoqda.
Quyidagi apparatlarning zanjir sxemasida biz yanchish va klassifikatsiyalash jarayonini kuzatishimiz mumkin (6-rasm).
6-rasm. Yanchish jarayonining zanjirli sxemasi 1-Qabul qilish bunkeri, 2- plastinkali ta’minlagich, 3-lentali ta’minlagich, 4-tarozi, 5- tegirmon (sharli), 6- spirali klassifikator, 7-tegirmonning mahsulot chiqaruvchi bo‘g‘zi, 8- gidrotsiklon, 9-nasos,10-zumf
Suvli muhitda ishlaydigan o‘zi yanchar tegirmonlarni, sharli markazdan chiqaruvchi va panjara orqali chiqaruvchi tegirmonlarni parametrlarini quyidagi 1,2,3–jadvaldan ko‘rib chiqish mumkin.