Harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat`iy tartiblashtirilgan mashq uslubi. Harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat`iy tartiblashtirilgan mashq uslubi
haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.
Harakatlarga o‘rgatish jarayonini asoslari. Jismoniy madaniyat vositalari pedagogik tushunchalar sifatida: Jismoniy madaniyat
vositalarini turkumlarga ajratish; vositalarning turli-tumanligi, uning ta`sir ko‘rsatishi yaxlit
tizimi sifatida. Jismoniy mashqlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi. Jismoniy mashqlarning
ta`sirini belgilovchi omillar haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.
Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O‘rgatish bosqichlarining asosiy yo‘nalishi va xususiyati. Boshlang‘ich tushunchalar: harakatlanish mahorati, harakatlar ko‘nikmasi, harakatlar
malakasi va ko‘nikmlarining ahamiyati, ko‘nikma va malaka harakatni bajarishning turli
darajalari sifatida va tushunish vazifasi sifatida; ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Dastlabki o‘rgatish bosqichi: xatti-harakatlar bilan tanishish: vazifalari, harakat haqida
tasavvurini shakllantirish jarayonida (o‘qitish masalalarini tushunib etish, masalalar loyihasini
tuzish, harakatni bajarishga urinish); o‘qitish metodlaridan foydalanish.
Chuqurlashtirib o‘rgatish bosqichi: harakatlanish mahoratini yuzaga keltirish va
takomillashtirish bosqichi (harakatlanish faoliyati, masalalari o‘ziga xos belgilari); o‘qitish
metodlaridan foydalanish xususiyatlari; harakatlar xatolarini olidini olish va tuzatish,
harakatlanish xatolarini mohiyatini tushunish, xatolarini guruhlarga ajratish, xatolar paydo
bo‘lishi sabablari anglash va uning oldini olish choralari, xatolarini tuzatish usullari, harakatlar
samaraliligini baholash mezoni (ahamiyatini alohida va umumiy baholash); o‘qitish printsplarini
amalga oshirishning o‘ziga xosliklari.
Mustahkamlash va takomillashtirish bosqichi: yuksak darajadagi harakatni bajarish
mahoratini tashkil etilishi vazifalari (harakat vazifasining o‘ziga xos belgilari), o‘qitish
metodidan foydalanishning xususiyatlari, takrorlashlar muammosi (oddiy takrorlash va variantli
takrorlash, takrorlashlar soni, takrorlashlarni vaqt bo‘yicha taqsimlash) haqida nazariy
ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.