Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di



Yüklə 155,03 Kb.
səhifə5/10
tarix16.06.2023
ölçüsü155,03 Kb.
#131508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

ISHONCHNOM A
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yoz_ma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa dav_lat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlami amalga oshirishni ifodalaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi». Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kirn tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomo_nidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi. Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, fermer xo‘jaligi, ja_moat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari to_monidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi. Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra, ishonch_nomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. 269 Ma lumot-axborot hujjatlari Bir martalik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmat buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr da_vomida bir qancha bir turdagi vazifalami bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnomalar deyiladi (masalan, 2019-yil davomida sud-hakamlik idoralarida kor_xona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy ishonchnoma muikni boshqarish bilan aloqador tur_li-tuman ishlami amalga oshirish huquqini beradi. Rasmiy ishonchnomalarda ulaming amal qilish (o‘z ku_chini saqlash) muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq boim agan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilma_gan bo‘lsa, bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlami shaxsan amalga oshirishi shart. Mabodo ishonchnoma beril_gan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga to‘g‘ri kelib qol_sa, u harakatlami amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Boshqa shaxsga o‘tkazi:>h bo‘yicha ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos boigan asosiy ishonchno_i.ianing amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak. Rasmiy ishonchnomalar, odatda, yuqori statistika idorasi tasdiqlagan tayyor, namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarida ishonch_nomaning barcha zaruriy qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiy_lashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va ko‘rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan chog‘da ishonch_nomalar oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomo_niga ishonchnoma beruvchi muassasaning to‘rtburchak muhri qo‘yiladi. 270 Ishonchnoma Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnoma_lami rasmiylashtirish va berish borasida alohida qoidalar bel_gilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan shakldagi bos_ma ish qog‘ozlarida korxona rahbari va bosh hisobchisining imzosi bilan rasmiylashtirilib, faqat shu korxona xodimlariga berilishi mumkin. Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari: 1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi. 2. Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi). 3. Ishonchnoma berilayotgan (ishonch bildirilayotgan) shaxs_ning lavozimi va to iiq nomi (ismi, otaismi, familiyasi). 4. Qimmatdor buyumlar olinadigan (beradigan) muassa_saning nomi. 5. Ishonchnomaning beri 1 ish sababi. 6. Ishonchnomaning amal qilish muddati. 7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi. 8. Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tas_diqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma). Ishonchnomaning zaruriy qismlari aniq, buzilmasdan, tuzatishlarsiz rasmiylashtirilishi kerak. Aks holda, moddiy buyum boyliklarini berish ruxsat etilmaydi, bunday ishonch_nomalami rasmiylashtirish, berish va qayd etish tartibiga ri_oya qilish, shuningdek, ulardan foydalanish yuzasidan nazorat etish korxona bosh (katta) hisobchisining vazifasidir. Ishonchnomalaming ikkinchi turi sh a x s i y, ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatdor buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini ras_miylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlami bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnomalaming eng ko‘p tarqalgani pul (ma_osh, nafaqa va boshqalar) olish uchun yozilgan ishonchno_madir. Bunday yozma vakolat ba’zan vakolat beruvchining 271 Ma ‘lumot-axborot hujjatlari talabi, xohishi bilan notarial tasdiqlanishi ham mumkin, lekin uni majburiy notarial tasdiqdan o‘tkazish shart emas. Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o ‘qiyot_gan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyati, harbiy qism qo‘mondonligi va shu kabilar tomo_nidan tasdiqlanishi mumkin. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta, quyidagi zaruriy qismlar bo‘lmog‘i kerak: 1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma). 2. Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, otaismi, fa_miliyasi). 3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi. 4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalami aniq ko‘rsatish). 5. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi. 6. Ishonch bildiruvchining imzosi. 7. Berilgan (yozilgan) vaqti. 8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi. 9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr. Ishonchnoma yozishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ishonchnomaning zaruriy qismlari mazkur tartibda bo‘lishi ham mumkin, shuningdek, uning 3-raqamli qismi 5-raqamli qismidan so‘ng yozilishi ham mumkin; zarur hollarda ishonch bildirgan shaxsning lavozimi, yashash joyi, ishonchnoma be_rilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) m a’lu_motlari ham ishonchnomada aks etishi mumkin; agar ishonch_li vakil olishi kerak bo‘lgan pul yoki qimmatdor buyum miq_dori aniq bo‘lsa, ular aw al raqam bilan, keyin qavs ichida so‘z bilan yozib ko‘rsatilishi mumkin; 7-raqamli va 8-raqamli qismlari orasida tasdiqlovchining «....ning imzosini tasdiqlay_man» degan qaydi joy oladi. 272 Ishonchnoma Shaxsiy ishonchnomalarda ham ulaming amal qilish mud_dati ko‘rsatiladi. Muddat bevosita {«...gacha amal qiladi» deb) yoki bilvosita («... yilningyanvar oyi maoshini olish uchun...» deb) ko‘rsatiladi. Nafaqa olish uchun berilgan ishonchnoma_ning amal qilish muddati, odatda, uch oygacha bo‘ladi. Agar ishonchnoma beruvchi va berilgan shaxslaming har ikkalasi bir muassasada ishlasa (o‘qisa), pul yoki qimmatdor buyumlami ishonchnoma bilan olishda ishonch bildirilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, guvohnoma) ko‘rsatilishi shart emas. Boshqa barcha holatlarda ishonch_noma ko‘rsatuvchi o‘z pasporti yoki uning о4mini bosuvchi hujjatni ham ko‘rsatishi shart. Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar od_diy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda, ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo ‘natmalarini olish uchun yozilgan oddiy ishonchnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluv_chi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial ishonchnomalar notarial idoralar, ular bo‘lmagan joylarda shaharchalar, qishloqlar va ovul_lar fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollari tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalardir. Bularga notarial idoralar rasmiylashtiradigan xilma-xil shartnomalami (masalan, tu_raijoyni hadya qilish, sotish, merosni o ‘tkazib berish, mulkm boshqarish, yengil avtomobildan foydalanish, merosga haqdorlik huquqi haqidagi guvohnoma olish kabilar) amalga oshirish uchun yozilgan ishonchnomalar kiradi. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqso_qollari) tomonidan notarial rasmiylashtirilayotgan hujjatlarga 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan, shahar_chalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining nomlari qayd etilgan muhr qo‘yiladi. Notarial ishonchnomalaming oddiylaridan yana bir farqi shundaki, ularda hujjat nomidan keyin uning tuzilgan joyi va sanasi ko‘rsatiladi


Yüklə 155,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin