Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di



Yüklə 155,03 Kb.
səhifə8/10
tarix16.06.2023
ölçüsü155,03 Kb.
#131508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

TUSHUNTIRISH XATI
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rah_bariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir. Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xusu_siyatga ega. Keyingi holatda, ya’ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqea-hodisaga, rahbaming ba’zi xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlaming bajarilmay qoli_shiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tu_shuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qara_may, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rah_bar tomonidan imzolanadi. Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer xo‘jaligi a’zosi, ta_laba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayoni_da xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakat_lar (masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoi_dalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ulaming sabablari izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yozi_312 Tushuntirish xati ladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari, odatda, mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli inti_zomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o ‘tashi mumkin. Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat boMadi: 1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxs_ning to‘liq nomi. 2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi. 3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati). 4. Hujjat matni (mazmuni). 5. Imzo. 6. Sana (hujjat yozilgan vaqt). Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va ulaming to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodim_ning to‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi. Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qarat_qich kelishigida rasmiylashtirilgani ma’qul. 4-9-ilovalarda shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlari_ga bir necha namunalar berildi. Muassasa nomidan yoziladi_gan tushuntirish xatlari boshqa asosiy hujjatlarga bog‘liqligi sababli ularga oid namunalar berilmadi.

HISOBOT
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, top_shiriqlaming bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va il_miy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat. Hisobotda keltirilgan m a’lumotlar aniq, ishonarli boiishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima m o‘ljallan_gan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e ’ti_bor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ulami bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llanadi (1-ilovaga qarang). Hiso_bot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma (qarang) hujjatiga o‘xshaydi. Uning zaruriy qismlari: 1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilyapti. 2. Hujjatning nomi (Hisobot). 3. Hisobot matni. 4. Lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, imzo. 5. Sana. 6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.


Yüklə 155,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin