Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di



Yüklə 155,03 Kb.
səhifə9/10
tarix16.06.2023
ölçüsü155,03 Kb.
#131508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

TELEGRAMMA, TELEFONOGRAMMA
Telegramma Muhim xabaming telegraf orqali berilgan nihoyatda qis_qa shakli. U bir muassasadan (yoki shaxsdan) ikkinchisiga yo‘llangan rasmiy hujjat hisoblanadi. Xizmat yozishmalari_ning boshqa turlari belgilangan manzilga xabami o‘z vaqti_da yetkazilishini ta’minlay olmasa, uni zudlik bilan yetkazish uchun telegrafdan foydalaniladi. Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashay_digan joylardagi muassasa, shuningdek, shaxslar orasida bo‘ladi. Telegrammaning boshqa ish qog‘ozIaridan farqi uning o‘ziga xos ixchamligi va qisqaligidir. Xizmat telegrammala_ri ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa jo ‘natish uchun aloqa boMimiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning o‘zida saqlash uchun qoldiriladi. Telegramma, qoidaga binoan, maxsus bosma ish qo_g‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining matni ko‘pincha odatdagi qog‘ozga bosh harflar bilan ikki intervalda yoziladi. Telegramma jo ‘natuvchining manzi_li, mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan yoziladi. Qo‘lda yozilganda, harflar yirik-yirik, so‘zlar orasi esa aniq va ravshan boiishi kerak. Telegramma bosma ish qog‘ozining yoki oq qog‘ozning faqat bir tomoniga yoziladi. Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qis_qa va siqiq uslubda yoziladi. Unda to‘liqsiz gaplardan keng foydalaniladi, sifatlar, ravishlar, yordamchi so‘zlar. tin Hi bel_343 Xizmat yozishmalari gilari faqat zarur bo4lgandagina, ya’ni ularsiz gapning maz_muni 0‘zgarib ketsa yoki ikki xil m a’noda qabul qilinsagina qo'llanadi, boshqa barcha hollarda ular tushirib qoldiriladi. Xabami bayon qilishda ixcham so‘zlami tanlash, qisqartma_lardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash telegraf uslubining eng asosiy talablaridan biridir (1 - 3-ilovalarga qa_rang). Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘in ko'chi_rilmaydi. Xatboshisiz barcha qatorlar to4ldirib yoziladi. Kun_lar va raqamlami so‘z (harf)lar bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bo‘lgan murakkab sonlami o ‘zicha yozish mumkin. Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (Telegramma). 2. Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar). 3. Telegramma yetib borishi zarur boigan joy manzili, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi. 4. Matn. 5. Jo‘natuvchi muassasaning qisqacha nomi va matnni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas). 6. Xabar jo ‘natuvchining manzili. 7. Matn kimning nomidan jo ‘natilayotgan bo4Isa, o‘sha shaxsning imzosi. 8. Muhr. 9. Sana. Telegrammaning matni manzildan ajralib turishi kerak. Agar telegramma javob tariqasida yuborilgan bo‘lsa, matn oldidan javob qaytarilayotgan hujjatning shartli raqami (in_deksi), matn oxirida esa o‘z jo ‘natma shartli raqami yoziladi
Telefonogramma Shoshilinch xabaming matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir. Telefon vositasida bo‘ladigan bunday mu_loqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog‘ozining bir turi hisoblanadi. Xizmat muomalasining bu turi ko‘pincha bir shahar yoki tumanda joylashgan muassasalar o‘rtasida qo‘llanadi. Har qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rah_bar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi, odatda, tayyor matn asosida yetkaziladi. Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh etilishi va u qabul qilishga tayyor bo‘lgach, matn qabul qiluvchi uni yozishga ulguradigan sur’atda bayon qili_nishi kerak. Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yozib olingan matn_ni yetkazuvchiga qayta o‘qib eshittirishi kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni to‘g‘ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va sanasini, shuningdek, yetkazuvchining lavozimi, ismi va fa_miliyasini ko‘rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi_ning ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo‘yadi (5-ilovaga qarang). Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to‘g‘ri va qisqa (matndagi so‘zlaming soni 50 dan ortmasligi kerak) boiishiga, murakkab jumlalar yoki juda kam ishlatiladigan so‘zlar qo‘llanmasligiga e’tibor berish lozim. Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo‘lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak. 348 Xizmat yozishmalari Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Manzil. 2. Hujjatni yo‘llovchi muassasaning nomi. 3. Telefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari. 4. Qabul qilish vaqti. 5. Nomi. 6. Tartib raqami. 7. Sana. 8. Matn. 9. Imzo chekkan shaxs. Agar telefonogrammani bir necha joyga yo‘llash nazarda tutilgan bo‘lsa, unga yetkazilishi lozim bo‘lgan muassasa_lar nomi va telefon raqamlari ko‘rsatilgan ro‘yxat ham ilova qilinadi

XATLAR
Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi .\sosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami km g bo‘lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimos_lar. kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdan turlicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlami bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar). 350 Xizmat yozishmalari 2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar). Ushbu xatlar ma’lum bir maqsadda yoziladi, masalan, ka_folat xatlarda kafolat berish ifodalansa, ilova xatlarda xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi. Biroq shunday xatlar ham uchraydiki, uning mazmunida ham kafo_lat berish, ham iltimos, ham eslatish ma’nolari ifodalanadi. Xizmat xatlari, odatda, xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Rasmiy ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmat xatlari xos ish qog'oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy qog‘oz varaqqa yozilsa, uning chap to_monidagi yuqori burchagiga xat jo ‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Zaruriy qismlari burchakda joylashgan bosma yoki xos ish qog‘ozlarida zaruriy qism aw al o‘zbek tilida, so‘ng rus yoki ingliz tilida beriladi. Zaruriy qismlar uzunasiga (bo‘yiga) joylashgan bosma ish qog‘ozlarida ular chap tomonda o‘zbek tilida, o‘ng tomonida rus yoki ingliz tilida beriladi. Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlami o‘z ichiga oladi: 1. 0 ‘zbekiston Respublikasi gerbi. 2. Muassasaning ramziy belgi (emblema)si. 3. Mukofotlar. 4. Vazirlik, boshqarma nomi. 5. Tashkilot nomi. 6. Bo‘linma nomi. 7. Tasniflagich bo‘yicha hujjatning xos raqami. 8. Muassasaning xos raqami. 9. Pochta, telegraf manzili, bankdagi hisobraqami. 10. Sana. 11. Shartli raqam. 12. Kelgan hujjat shartli raqami. 13. Hujjatning kelish sanasi. 14. Hujjat jo ‘natiladigan manzil (xatni oluvchi muassa_saning nomi). 351 Xizmat yozishmalari 15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya). 16. Nazorat haqida belgi. 17. Matn sarlavhasi (xatning qisqacha mazmuni). 18. Mam. 19. Ilovalar haqida belgi. 20. Imzo. 21. Rozilik belgisi (viza). 22. Kelishuv haqida belgi. 23. Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami. 24. Bajarilganlik haqida belgi. 356-betda keltirilgan ilovadagi shaklda xizmat xatlaridagi mazkur zaruriy qismlaming andozaviy o‘lchamdagi joylas_hish tartibi ko‘rsatildi. Chizmadagi uzuq chiziqlar zaruriy qismlar chegarasining o‘zgaruvchanligini bildiradi. Halqalar ichida esa zaruriy qism_laming tartib raqami berilgan. Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bogiiq bo4gan uch qismdan iborat bo‘ladi. Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda, xat bilan tegishli muassasaga murojaat qi_lishga majbur etuvchi asosiy sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qis_mida xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi. Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ifodalanadi. Xizmat xatlari imkoni boricha qisqa bo‘lishi, biroq bu qisqalik uning aniq va ravshanligiga ta’sir etmasligi kerak. Qoidaga ko‘ra, xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim. Faqat juda muhim masalalar yozilgan, birmuncha mufassal bayon talab qiluvchi xatlargina istisno tariqasida uch betgacha bo‘lishi mumkin. Xizmat xatlari qog‘oz varag‘ining oldi va orqa tomonlariga yoziladi. Rasmiy xatlami tuzuvchi shaxs ma’lum malakaga ega bo‘lishi kerak. Rasmiy xatlami to‘g‘ri va tez tuzish, awalo, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, zamo_naviy rasmiy uslubni va unga qo‘yiladigan talablami bilishni 352 Xizmat yozishmalari taqozo etadi. Ushbu talablami bajarmaslik, birinchidan, xatlar bilan ishlashni qiyinlashtiradi, ikkinchidan, ulaming huquqiy va amaliy ahamiyatini yo‘qotadi. Rasmiy xatlar matnida ikki xil mazmunda tushuniladigan jumlalar bo‘lmasligi uchun ko‘chma ma’nodagi so‘z va ibo_ralami qo‘llashda ehtiyotkorlik, sinchkovlik talab etiladi. Rasmiy xatlar tilida aniqlik va qisqalik asosiy mezon hisoblanadi. Bunday xatlar tili va uslubi qonunlar tiliga qo‘yiladigan talablar darajasida bo‘lishi zarur. Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Bi_rinchi nusxa jo ‘natilib, ikkinchi nusxa muassasaning o‘zida saqlanadi. Agar xat ikki va undan ortiq joyga yo‘llansa, xat jo ‘natilayotgan asosiy muassasa yoki rahbar xodimning no_midan so‘ng boshqalari beriladi. Birgina hujjatda uni oluv_chilaming nomi to‘rttadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari, odatda, muassasa nomiga yuboriladi. Faqat masalaning hal qilinishi bevosita rahbarga bog‘liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo ‘natilishi mumkin. Xizmat xatlarida matn uchun sarlavha katta ahamiyat_ga ega. Ular hujjatning qisqacha mazmunini, ya’ni xat nima haqda ekanligini ko‘rsatadi. Masalan: «Maktab ta ’miri uchun qo'shimcha mablag‘ ajrat ish haqida», «To ‘lovlarga kafolat berish haqida». Matn uchun sarlavhalaming aniq va qisqa be_rilishi ish yuritishda qator qulayliklar yaratadi. Sarlavha bir jumladan iborat bo‘lib, xat matnidan oldin chap tomonda joylashadi. Odatda, sarlavha «haqida» yoki «to ‘g ‘risida» kabi ko‘makchilar yordamida tugatiladi. Sarlavha ikki qatordan oshmasligi zarur. Xizmat xatlari matnidan so‘ng xatga imzo chekuvchi rah_bar lavozimining nomi aniq ko‘rsatilishi kerak. Agar xat xos ish qog‘ozida yozilmagan bo‘Isa, xatning imzo qismida lavozim nomidan tashqari muassasa nomi ham to‘liq ko‘rsatiladi. Hujjat muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Ish yuri_tish jarayonida ba’zan xatga rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs 353 Xizmat yozishmalari yoki uning o‘rinbosari xatda qayd etilgan lavozim nomi ol_diga chiziqcha qo‘yib (go‘yo o ‘rinbosar imzo chekayotganli_gini uqtirayotgandek) imzo chekadi. Bu ish yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxs tegishli yo‘riqnomadan xabardor emasligidan dalolat beradi. Xatni tayyorlash jarayonida tuzuvchi xatga kim imzo chekishini oldindan bilishi kerak. Rahbar bo‘lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatil_gan holda («direktor vazifasini bajaruvchi», «direktor о ‘rin_bosari» tarzida), imzo chekishi mumkin. Xatda bayon qilingan masalalar bo‘yicha javobgarlik bir necha shaxs zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, imzolar soni ikki yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin (masalan, to‘lov haqidagi kafolatnomalarda, moliyaviy hujjatlarda). Xatda imzolar ma’lum tartib asosida, ya’ni egallab turgan lavozimiga ko‘ra joylashadi. Imzodan so‘ng imzo chekuv_chining ismi va familiyasi yoziladi, masalan: Korxona direktori (imzo) B. Karimov Bosh hisobchi (imzo) H. Samiyev Agar xatga biror hujjat ilova qilinayotgan bo‘lsa, xatning quyi qismi chap tomoni hoshiyasiga «llova» so‘zi qo‘yiladi, so‘ng tartib raqami bilan ilova qilinayotgan hujjatlar nomi, nusxasi va beti ko‘rsatilgan holda beriladi. Har bir ilova qili_nayotgan hujjat nomi alohida qatorda joylashadi. «Ilova» so‘zining ostidan hech qanday yozuv yozilrn;. vdi,


Yüklə 155,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin