Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di



Yüklə 147,66 Kb.
səhifə1/10
tarix22.10.2023
ölçüsü147,66 Kb.
#159596
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY


BUYRUQ
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana_di. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muas_sasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘lla_nadi. Uiarda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bulaming ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbarlar tashkilot_ning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulotni sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish hamda ishlami tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritadi. Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilami tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi. Buyruqning asosiy zaruriy qismlari: 1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari)

2. Vazirlik va boshqarma nomi. 3. Muassasa xos raqami. 4. Hujjat shaklining xos raqami. 5. Muassasa nomi. 6. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi). 7. Sanasi. 8. Raqami. 9. Buyruq chiqqan joy nomi. 10. Hujjatning nomi (Buyruq). 11. Buyruq matni (basharti ilovalari bo‘lsa, qayd qilinadi). 12. Rahbar yoki o‘rinbosar imzosi. Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi; bosh yoki yetakchi mutaxassislar, yuriskonsult, bosh hisobchi bilan kelishiladi. Yuriskonsult buyruqni ko‘rishda quyidagilar_ga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi. Buyruq loyihasiga tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Asosiy faoliyat_ga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo‘yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mum_kin). Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayot_gan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo‘lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko‘rsatiladi. Ba’zi buyruqlami asos_lashga hojat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to‘g‘ri_dan-to‘g‘ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «Buyuraman» so‘zidan keyin boshlana_di. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan far_moyishlar beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo‘linib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so‘ng nuqta qo'yilib, so‘z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda, odatda, kim qanday vazifani qaysi muddatda bajarishi ko‘rsa_tiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi («Amalga oshirilsin», «Ta’minlansin», «Yuklatilsin», «Hisoblansin» va h.k.). Bajamvchilar - muassasa yoki uning tarkibiy qismlari (bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko‘rsatilgan holda) ko‘pincha jo ‘nalish kelishigida qayd qilinadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko‘rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so‘ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarga oid farmoyishda kuchga kirish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qi_lish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi) zimmasiga yuklatilsin». Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsa_tib o‘tiladi. Asosiy faoliyatga oid buyruq shakli namunasi 1-, 2-ilovalarda berildi. K adrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki indi_vidual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo‘- limlar rahbarlari tavsiyanomasi, taqdimnoma, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi. Ko‘p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus blankalarda yoziladi. 3-8-ilovalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar namunalari berildi.
Kadrlaming shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bos_ma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «Kadrlar shaxsiy tarki_biga oid» deb yozib qo‘yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «Ishga qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan bo‘shatish haqida buyruq», «Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag‘batlantirish haqida buyruq» va hokazo. Bunday buyruqlarda kirish qismi bo‘lmasligi mumkin. Farmoyish qismida, odatda, bandlar bo‘ladi. Familiya ham bosh harflar bilan, ismi va otaismi esa matnda oddiy harflar bilan yoziladi (masalan, Sobit Xolmatovich KARIMOV).


Yüklə 147,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin