Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di



Yüklə 147,66 Kb.
səhifə6/10
tarix22.10.2023
ölçüsü147,66 Kb.
#159596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

MA’LUMOTNOMA
Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlami bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. M a’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilaming ko‘rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko‘ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradi_gan axborot va ma’lumotlami o‘zida aks ettiradi. M a’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ik_kiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Xizmat m a’lumotnomasi - muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalami rasmiy ravishda axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hol_larda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoli_yat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlaming bajarilishi, moddiy tovar boyliklarining saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi. Xizmat m a’lumotnomasi, o‘z navbatida, ikkiga - ichki xizmat va tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo‘linadi. Ich_ki xizmat ma ’lumotnomasi - muassasa ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodimning ishi, faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘lla_nadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo‘lin_ma boshlig‘i, kadrlar bo‘limi boshlig‘i, ish yurituvchi, oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog‘oz varag‘iga qo‘lda yozilishi ham mumkin. Tashqi xizmat ma lu_motnomasi - muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ular ko‘rsatmasiga, talabiga muvofiq 289 Ma ’lumot-axborot hujjatlari tayyorlanib jo ‘natiladi hamda xos ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog‘oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Har qanday xizmat m a’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. M a’lumotnoma sanasi u imzolangan va yo‘llan_gan kuni qo‘yiladi, chunki u jo ‘natma hujjatlar daftarida yoki elektron tarzda dasturga qayd etiladi. Xizmat m a’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruv_chi sarlavha qo‘yiladi. Masalan, «Korxona m a’muriy-bosh_qaruv xodimlari soni haqida». M a’lumotnomada qayd etila_yotgan xabarlar taalluqli bo‘lgan sana alohida ajratilib, asosiy matn oldidan yoziladi. Masalan: «2019-yil l-iyundagi holatga ko ‘ra (muvofiq)» yoki «2019-yil 1-yanvardan 1-sentyabrga_cha bo'lgan davr uchun» kabi. Ushbu m a’lumotlami matn sarlavhasi tarkibiga kiritib yuborish ham mumkin. Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi: 1. Hujjat jo ‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng to_monga yoziladi). 2. Hujjat nomi (Ma’lumotnoma). 3. M a’ lumotnoma matniga sarlavha (xatboshidan yoziladi). 4. Asosiy matn (ma’lumotnoma mazmuni). 5. Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) im_zosi (elektron raqamli imzo va QR kodi). Moliyaviy masalalami aks ettiruvchi rasmiy ma’lumot_nomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo'iadi. 1-, 2-ilovalarda ichki xizmat ma’lumotnomasi namunalari keltirildi.

Yüklə 147,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin