Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di


B ILD IR ISH N O M A , B ILD IR ISH , BILD IR G I



Yüklə 147,66 Kb.
səhifə3/10
tarix22.10.2023
ölçüsü147,66 Kb.
#159596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

B ILD IR ISH N O M A , B ILD IR ISH , BILD IR G I
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat fao_liyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabar berish zarurati tug‘Uganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi. Kimga yoMlanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri no_miga yoziladi. U toza qog‘oz varag'iga qo‘lda, kompyuterda yoki elektron shaklda yozilishi mumkin. Bunday bildirish_nomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxs_ga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog'oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o'zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi. Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o‘z aksi_ni topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbami ulami hal qilishga undaydi (masalan, «Toshkent truba zavodi» QKda mukofotlash nizomining buzilganligi haqida). Axborot bildirishnomasi, odatda, rahbarga muayyan ja_rayonning umumiy holati to‘g‘risida xabar beradi. Masalan, Chinoz tumani Navoiy nomidagi fermer xo‘jaligida chigit ekishning borishi (2016-yil 10-apreldagi holati) haqida. 229 Ma ’lumot-axborot hujjatlari Hisobot bildirishnomasi m a’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko‘rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to‘g‘risida rahbami xabardor qilishida kerak bo‘ladi (masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti_da yangi topilgan qo‘lyozmalami o‘rganish ishlarining borishi haqida). Muayyan vazifa yoki majburiyatlaming bajarilishi haqida_gi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport ham deyiladi. Asli fransuzcha bo‘lib, rus tili orqali bizga kirgan bu so‘zning inuqobili sifatida «Bildirish» atamasini qoilaym iz1. Bildirishnomaning zaruriy qismlari: 1. Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari hamda familiyasi jo ‘nalish kelishigi_da. 2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari hamda familiyasi chiqish ke_lishigida. 3. Matn sarlavhasi. 4. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma). 5. Bildirishnoma matni (mazmuni). 6. Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilovalar bo‘Isa). 7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning im_zosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘Isa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). 8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (muallif yoki muas_sasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi). Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumot_nomalariga yaqin turadi. Farqi shundaki, m a’lumotnomalarda 1 1990-yilda nashr etilgan « 0 ‘zbek tilida ish yuritish» qo‘llanmasida ushbu hujjat «bildirgi» nomi bilan berilgan edi. 0 ‘tgan yillarda amaliyotda bu nom singishmadi. Shuning uchun mualliflar «raport» terminini «bildirish» tanzida ifodalashni maqsadga muvofiq deb topdilar. 230 Bildirishnoma asosan talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalami sanash bilan birga, ulami keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar aytiladi. Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va tak_liflari aniq, ravshan va ishonarli bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalami tas_diqlovchi, voqea-hodisalarga, qonunchilik ko‘rsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida o‘rganish yoki sinab ko‘rish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilini_shi zarur. Bildirishnoma matni, asosan, ikki qismdan iborat. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, vo_qealar bayon qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq ish-harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‘i zarur. Muallif_ning fikricha, bunday ish-harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomoni_dan bajarilishi kerak. Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq bir sana yoki vaqt oralig‘iga taalluqli bo‘lsa, xuddi ma’- lumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan «2017- yil 1-yanvardagi holatga ко‘га» yoki «2018-yilning 1-yanvari_dan 1-sentyabrigacha bo‘lgan davr uchun». Bu ma’lumotlami matn sarlavhasiga qo‘shib yuborish ham mumkin. 1-4-ilova_larda bildirishnoma namunalari, 5-ilovada uning boshqa bir shakli, 6-7-ilovalarda bildirish namunalari berildi.


Yüklə 147,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin